

"Tuttosport" nashri xabariga ko'ra, parijliklar prezidenti Nasser Al-Xelaifi uni shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladigan braziliyalik sardor Markinosning kelajakdagi o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, Kubarsi yosh bo'lishiga qaramay, o'yinni mukammal tushunishi, ishonchliligi, himoyadagi aniq harakatlari va orqa chiziqdan hujum boshlay olish qobiliyati evaziga Yevropaning ko'plab yetakchi klublari e'tiborini tortib kelmoqda.
Joriy yozda Kubarsi Ispaniya terma jamoasi bilan birga jahon chempioni bo'ldi, shuningdek, turnirning eng yaxshi himoyachisi deb tan olindi. Avvalroq insayder Fabricio Romano "Barselona" va "PSJ" hujumchi Ferran Torres transferi bo'yicha 50 mln evroga kelishib olishganini xabar qilgan edi.


