

“Arsenal” - “Atletiko Madrid” 1:0 (Birinchi o'yin - 1:1)
Gollar: 44 - Bukayo Saka.
“Arsenal”: 1. David Rayya, 2. Vilyam Saliba, 6. Gabriel Magalyayns, 4. Ben Uayt, 33. Rikkardo Kalafori (5. Pero Inkape, 58’), 49. Maylz Lyuis-Skelli (36. Martin Subimendi, 74’), 41. Deklan Rays, 19. Leandro Trossard, 14. Viktor Gyokeresh, 10. Eberechi Eze (8. Martin Edegor, 58’), 7. Bukayo Saka (20. Noni Madueke, 58’).
Zaxira: 13. Kepa Arrisabalaga, 35. Tommi Setford, 3. Kristyan Moskera, 16. Kristian Nyorgor, 56. Maks Doumen, 9. Gabriel Jezus, 11. Gabriel Martinelli, 29. Kay Xaverc.
“Atletiko Madrid”: 13. Yan Oblak, 14. Markos Lorente, 18. Mark Pubil, 17. David Gancko, 3. Matteo Rujeri, 24. Roben Le Norman (9. Aleksandr Syorlot, 57’), 6. Koke, 22. Ademola Lukman (16. Nauel Molina, 57’), 20. Juliano Simeone (5. Jonni Kardozo, 57’), 7. Antuan Grizmann (10. Aleks Baena, 66’), 19. Xulian Alvares (11. Tyago Almada, 67’).
Zaxira: 1. Xuan Musso, 2. Xose Ximenes, 15. Kleman Langle, 34. Xulio Dias, 32. Xaver Bonyar, 4. Rodrigo Mendosa, 21. Obed Vargas.
81. Endi esa Markus zarba berdi erlatib, bu safar David to'pni ushlab oldi.
80. Lorentening havolatib bergan uzatmasini Rayya qaytarib yubordi.
77. Syorlot tushgach madridliklarda havodan o'ynash ko'paydi, ammo “to'pchilar” ham ikkinchi qavatda faol.
76. Gyokereshning uzoqdan tepgan to'pi anchagina noaniq ketdi.
69. Uaytning erlatib bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
67. Diego Simeone butun hujum chizig'ini o'zgartirib, maydonga yangi kuchlarni tashladi. Dahshatli o'zgarishlar.
66. Inkapening chap qanotdan ajoyib uzatmasini Gyokeresh darvozaga aniq yo'llay olmadi…
60. Edegorning kuchli zarbasi noaniq bo'ldi.
58. Ikkala jamoadan bir vaqtni o'zida uchtadan o'zgarish amalga oshirildi. Buyog'iga o'yin ham mutlaqo o'zgarishi kerak.
56. Grizmanning zarbasini Rayya qaytardi! Qaytgan to'pga Pubil yetib kelolmadi…
54. Rays qarshi hujumga qochib kyetib, to'pni Gyokereshga uzatdi, uning zarbasi esa kuchsiz bo'ldi.
52. Gabriel Simioneni yiqitgan bo'lish mumkinlik holati VARda ko'rib chiqildi, ammo penalti yo'q, deb topildi.
51. Dahshat! Juliano raqib xatosidan so'ng bo'sh qolgan darvoza oldida qoldi, biroq zarba bera olmadi…
47. “Atletiko”dan faol start, jamoa hujumlar uyushtirishni boshlab yubordi.
🕛 46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
📊 Birinchi bo'limdan keyingi statistika:
To'p nazorati - 68% - 32%
Darvoza tomon zarbalar - 7 - 2
Aniq zarbalar - 2 - 0
Burchak zarbalar - 3 - 0
Uzatmalar aniqligi - 89% - 79%
Seyvlar - 0 - 1
🕘 45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
Gyokeresh yaxshi vaziyatga chiqib borib to'pni markazga uzatdi, Trossard biroz kutib qolib zarba berdi, Oblak qaytardi, so'ng Saka kelib tushgan to'pni darvozaga yo'llab, gol urdi!

⚽️ 44. GOL! Saka hisobni ochdi!
43. Sal qolsa Xulian birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi, ammo Saliba yaxshi harakat qilib, bunga imkon bermadi.
36. Yana zarba Raysdan, bu safar to'pni Lorente qaytardi.
35. Raysning zarbasi raqib futbolchisiga tegib yo'nalishini o'zgartirdi, burchak zarbasi “Arsenal”da.
33. Gabrielning zarbasi rekoshetga uchrab, Oblakning qo'liga borib tushdi.
29. Lorente! “Atletiko”dan yaxshi hujum, Markusning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.
23. Birinchi bo'limning teng yarmi ortda qoldi, hozircha o'ta xavfli hujum ko'rmadik.
19. Gabrielning uzoqdan bergan zarbasi biroz noaniq ketdi.
17. Burchakdan uzatilgan to'p Sakaga kelib tushdi, uning zarbasi noaniq bo'ldi.
12. Yaxshi hujum mehmonlardan: Julianoning zarbasini Rays bartaraf etdi.
11. Grizmanning havolatib bergan uzatmasi manzilli bo'lmadi.
9. Kalaforining uzoq masafadan yo'llagan zarbasi aniq bo'lmadi.
8. Juliano o'ngdan yorib kirib to'pni Alvaresga uzatdi, uning zarbasi noaniq bo'ldi.
5. To'p nazorati maydon egalarida, o'yin boshlanishi bilanoq hujumlar bo'lmadi, hozircha sokinlik.
🕛 1. O'yin boshlandi!
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni YCHL yarim final javob bahsi - “Arsenal” - “Atletiko Madrid” uchrashuvining matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.



