"Kristal Pelas" "Liverpul"ning Sarr bo'yicha 50 mln funtlik taklifini rad etdi

Sherzod Nurmatov
27 avg 2026, 14:55
"Kristal Pelas" vinger Ismaila Sarr bo'yicha "Liverpul" yuborgan taklifni qabul qilmadi.

Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

Mersisaydliklar "Brayton" bilan Yankuba Minte bo'yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, 28 yoshli senegallik variantiga o'tishgan edi.

"Liverpul" Sarr uchun 50 mln funt taklif qildi. Biroq "Kristal Pelas" bu taklifga rad javobini berdi. Bungacha "burgutlar" futbolchi bo'yicha "Galatasaroy"ning ikkita taklifini ham qaytargan edi. London klubi vingerni jamoada saqlab qolmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano