Ronaldu og'ir jarohat olgan Kvaratsxeliyaga ta’sirli maktub yo'lladi

Sherzod Nurmatov
22 okt 2026, 13:30
Krishtianu Ronaldu PSJ vingeri Chempionlar Ligasi doirasida "Barselona"ga qarshi uchrashuvda o'ng tizzasidan jiddiy jarohat olganidan so'ng Xvicha Kvaratsxeliyani qo'llab-quvvatladi.

Keyinroq PSJ gruziyalik futbolchining o'ng tizzasidagi oldingi xochsimon boylamlari uzilganini tasdiqladi: uni oldinda jarrohlik amaliyoti va uzoq davom etadigan tiklanish jarayoni kutmoqda.

"Futboldagi eng qiyin to'qnashuvlar ko'pincha nazardan chetda qoladi. Bu tuyg'uni yaxshi bilaman, Kvara. Ammo seni shu darajagacha olib chiqqan narsani hech qachon unutma va bunday og'ir lahza o'z kuchingga shubha tug'dirishiga yo'l qo'yma. Ichingdagi olovni so'ndirma. Sening eng yaxshi damlaring hali oldinda", – deb yozdi Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, Kvaratsxeliya 20 oktyabr kuni Chempionlar Ligasida PSJning "Barselona" ustidan qozongan g'alabasi (4:2) vaqtida jarohatlangandi. Gruziyalik futbolchi o'yinni davom ettira olmadi va maydonni yordamchilar ko'magida tark etdi. Ertasi kuni o'tkazilgan tibbiy tekshiruv jarohatning jiddiy ekanini tasdiqladi.

Takidlash joizki, gruziyalik vinger "Pari Sen-Jermen" safida Yevropa maydonlaridagi yorqin ishtiroki - 10 ta gol va 6 ta golli uzatmasidan keyin 2025/26 yilgi Chempionlar Ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN