

Samimiy suhbatda janob Infantino terma jamoamizni tarixiy debyut bilan qutladi va kelgusi o'yinlarda omad tiladi.
O'z navbatida, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati FIFA raisiga minnatdorchilik bildirib, Kolumbiyaga qarshi bahs milliy futbolimiz rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etishini bildirishdi.
Shuningdek, rasmiylar Kolumbiya futbol federatsiyasi prezidenti, FIFA kengashi a'zosi Ramon Xesurunni qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklashdi va esdalik sovg'asini taqdim etishdi.












