Abbos Fayzullaevda asr rekordi

Sherzod Nurmatov
18 iyun 2026, 15:35
O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Abbos Fayzullaev JCHda XXI asr rekordini o'rnatdi.

Garchi Kolumbiyaga qarshi kechgan 1-tur bahsida O'zbekiston 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa-da, uchrashuvda tarixiy voqea kuzatildi.

“Opta Sports” tahliliy platformasining xabar berishicha, mazkur o'yinda raqib darvozasini bosh bilan ishg'ol qilgan Abbos Fayzullaev XXI asrda Jahon chempionatlarida bosh bilan gol urgan eng past bo'yli futbolchiga aylandi. Iqtidorli yarim himoyachining bo'yi 167 smni tashkil etadi.

6.jpg

Avvalgi rekord kuni kecha Kongo DR darvozasiga yo'l topgan Portugaliya xavbeki Joau Neveshga (174 sm) tegishli edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta Sports