Emeri: "Aston Villa"ning "Chelsi" bilan munosabatlari yaxshi? Ular bizni yo'q qilishni istashadi"

Sherzod Nurmatov
31 avg 2026, 15:15
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri Birmingem klubining "Chelsi" bilan munosabatlari yaxshi ekani haqidagi taxminlarni rad etdi.

Yozgi transfer oynasida londonliklar "Aston Villa"dan yarim himoyachi Morgan Rojers va darvozabon Emiliano Martinesni sotib olishdi. Shuningdek, yozda "Aston Villa"dan murabbiy Ostin Makfi ham "Chelsi"ga o'tdi.

"Yaxshi munosabatlar? Bizning munosabatlarimiz faqat bitimlarga - pul va futbolchilar transferiga asoslangan. Ular bizni yo'q qilishni xohlashadi. Biz ham ularni yo'q qilishni istaymiz... Buni yaxshi munosabatlar deb bo'lmaydi.

Albatta, bizda yaxshi o'yinchilar bor va biz ham ulardan futbolchilarni sotib olishimiz mumkin, ammo bu munosabatlarni yaxshi deb atab bo'lmaydi. Bu pul va futbolchilar uchun tuzilgan bitimlar.

Ular bizni yo'q qilish uchun Morgan bilan shartnoma imzolashdi, Emiliano Martinesni sotib olishdi... Men Emiliano Martines va Morgan Rojers uchun xursandman, "Chelsi" uchun esa bunday emas”, – dedi Emeri.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian