Emeri Martinesning “Aston Villa”dagi kelajagi bo'yicha bir qarorga keldi

Sherzod Nurmatov
6 avg 2026, 12:35
“Aston Villa” bosh murabbiyi Unai Emeri jamoa darvozaboni Emiliano Martinesning kelajagi borasida qaror qabul qildi.

Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, posbon Shimoliy Amerikadagi mundial oldidan “Villa Park”ni tark etishga qatiy qaror qilgandi, ammo ispaniyalik murabbiy uni bunday qadam tashlamaslikka va jamoada qolishga ko'ndirishga erishdi. Takidlanishicha, aynan Emeri ushbu qaror qabul qilinishida asosiy omil bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, Martinesning “Aston Villa”dan ketishi haqida kamida 2025 yilning bahoridan beri xabar berib kelinadi. 2024/2025 yilgi mavsum yakunida argentinalik posbon hatto Birmingem muxlislari bilan xayrlashgandi, biroq u bo'yicha munosib taklif tushmagach, jamoada qolgan edi.

33 yoshli darvozabon Londonning “Arsenal” klubini tark etganidan so'ng, 2020 yildan beri “Aston Villa” sharafini himoya qilib kelmoqda. U “villanlar” tarkibida 256 ta o'yin o'tkazib, 305 ta gol o'tkazib yuborgan va 80 ta uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira