

"Koventri" bosh murabbiyi Aleks Fergyuson nomidagi ushbu sovrinni qo'lga kiritdi. Mukofotga, shuningdek, Mikel Arteta ("Arsenal"), Pep Gvardiola ("Manchester Siti"), Unai Emeri ("Aston Villa"), Andoni Iraola ("Bornmut"), Kit Endryus ("Brentford"), Maykl Skubala ("Linkoln") va Endi Vudmen ("Bromli") kabi mutaxassislar ham da'vogarlik qilgan edi.
Bundan tashqari, Lempard Chempionshipda mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.
2025/26 yilgi mavsumda "Koventri" Lempard boshqaruvida Chempionshipda birinchi o'rinni egalladi - jamoa 2001 yildan buyon ilk bor APLda ishtirok etadigan bo'ldi.



