Emeri evrokubok finallaridagi g'alabalar bo'yicha Anchelotti, Mourinyu va Trapattoni rekordini takrorladi

Aslanov Jasurbek
21 may 2026, 03:15
Unai Emeri evrokubok turnirlari finallarida qozonilgan g'alabalar soni bo'yicha murabbiylik rekordini takrorladi.

Bugun ispaniyalik mutaxassis qo'l ostidagi jamoa turnir finalida "Frayburg"ni 3:0 hisobida mag'lub etib, Yevropa Ligasi g'olibiga aylandi. Bu Emeri uchun o'z faoliyatidagi beshinchi Yevropa Ligasi sovrini bo'ldi.

Hech qaysi boshqa murabbiy yirik evrokubok musobaqalari finalida bundan ko'p g'alaba qozonmagan. Shuningdek, Karlo Anchelotti (Chempionlar Ligasida 5 ta g'alaba), Joze Mourinyu (Chempionlar Ligasida 2 ta, UEFA Kubogi / Yevropa Ligasida 2 ta, Konferenciyalar Ligasida 1 ta g'alaba) va Jovanni Trapattoni (Yevropa Chempionlari Kubogida 1 ta, UEFA Kubogida 3 ta, Kubok egalari Kubogida 1 ta g'alaba) hisobida ham 5 tadan evrokubok maqomidagi sovrin mavjud.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports