Unai Emeri: "APL - eng qudratli liga, La Liganing kozirlari esa Mbappe va Yamal"

2 okt 2026, 21:17
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri Angliya Premer-ligasi va Ispaniya La Ligasi o'rtasidagi farqlar haqida fikr bildirdi.

"Avvalo, Angliya klublari ko'proq ochiq. Angliyada aholi soni ko'proq va futbol kontentini istemol qilish hajmi bo'yicha ham, ehtimol, ular yetakchilik qiladi. Bugungi globallashgan dunyoda ingliz tili keng tarqalgan, shuningdek, sobiq koloniyalarda ham ingliz futboliga katta qiziqish bor.

Shu sababli ingliz futboli zamonaviy dunyoda eng chuqur ildiz otgan chempionatlardan biriga aylangan. Premer-liga eng katta resurslarga va eng yuqori daromad salohiyatiga ega bo'lgani uchun eng qudratli musobaqa hisoblanadi", - dedi Emeri.

Ispaniyalik mutaxassis La Liganing ham o'z afzalliklari borligini ta'kidladi.

"La Liganing ham o'z kozirlari bor. Masalan, hozir u yerda Kilian Mbappe va Lamin Yamal kabi futbolchilar o'ynamoqda. Bu ma'lum manoda Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi davrini eslatadi. Ular jahon miqyosidagi yulduzlar.

Premer-liga resurslar va daromad olish imkoniyatlari bo'yicha ustunlikka ega bo'lsa-da, Ispaniya chempionati ham juda kuchli poziciyani saqlab turibdi", - deya qo'shimcha qildi Emeri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Diario de Sevilla