Saloh uchun ehtimoliy klublar malum: "Liverpul" yulduzi Afrika Kubogidan keyin qaerga yo'l oladi?
30 dek 16:57
Yangiliklar
Saloh uchun ehtimoliy klublar malum: "Liverpul" yulduzi Afrika Kubogidan keyin qaerga yo'l oladi?
"Liverpul" vingeri Muxammad Saloh Afrika Millatlari Kubogida ishtirok etganidan so'ng yanvar oyidayoq jamoani tark etishi mumkin.
Bu haqda "The Independent" xabar tarqatdi.
Nashr tahlilchilar malumotlarini tahlil qilib, futbolchining keyingi faoliyati qaysi yo'nalishda davom etishi mumkinligini taxmin qildi.
Eng ehtimoliy variant — Salaxning "Liverpul"da qolishi, kamida mavsum oxirigacha.
Agar "qizillar" bilan xayrlashuv ro'y bersa, 33 yoshli vingerga asosiy davogar sifatida "Al Hilol" ko'rilmoqda. Shuningdek, nomzodlar uchligiga Saudiya Arabistonining yana ikki klubi — "Al Ittihod" va "Al Nassr" kirgan.
Evropa klublaridan "Atletiko" va "Pari Sen-Jermen" tilga olingan, ammo bu transferlarning amalga oshish ehtimoli juda past deb baholanmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar