Ramos takliflarni ko'rib chiqishga tayyor bo'lgan Evropa ligalari aniq bo'ldi
30 dek 2025 15:29
Yangiliklar
Ramos takliflarni ko'rib chiqishga tayyor bo'lgan Evropa ligalari aniq bo'ldi
Ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos Meksikaning "Monterrey" jamoasini tark etdi va hozirda yangi klub izlamoqda.
Evropa va jahon chempioni bo'lgan futbolchining talablari esa unchalik ham katta emas.
AS nashri xabariga ko'ra, Ramos uchun uni istagan klub quyidagi 7 mamlakatdan birining oliy divizionida qatnashishi kifoya:
Angliya, Ispaniya, Germaniya, Franciya, Italiya, Portugaliya va Turkiya.
U variantlarni saralab o'tirmoqchi emas — ushbu talablarga javob beradigan har qanday klubning taklifini eshitishga tayyor. Saudiya Arabistoni yoki AQSH klublari esa ko'rib chiqilmaydi, chunki Ramos faoliyatini Evropada davom ettirishni istaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar