Rasman: "Qo'qon-1912" "Buxoro" hujumchisi transferini elon qildi
30 dek 17:29
Yangiliklar
Rasman: "Qo'qon-1912" "Buxoro" hujumchisi transferini elon qildi
Yangi mavsum oldidan yuqori maqsadlarni oldiga vazifa sifatida qo'ygan "Qo'qon-1912" jamoasi yana bir futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
"Jamoamiz rahbariyati hujum chizig'ini kuchaytirish va raqobatni oshirish uchun gruziyalik tajribali hujumchi Toma Tabatadze bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.
Mahoratli hujumchi faoliyati davomida Turkiya, Latviya, Litva, Grzuiya, Qozog'iston chempionatlarida faoliyat olib borgan. Shuningdek, Toma yurtimizning "Navbahor" "Neftchi" va "Buxoro" kabi jamoalaridagi faoliyati bilan mutaxassislar va muxlislarning etirofiga sazovor bo'lgan", – deyiladi xabarda.

34 yoshli forvard yakunlangan mavsum buxoroliklar libosida 20 o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 1 ta golga assistentlik qilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar