Kroos JCH-2026 formatiga qarshi chiqdi: "5:0 yoki 6:0 hisobidagi g'alabalarni emas, sifatli o'yinlarni ko'rishni istayman"
30 dek 13:30
Yangiliklar
Kroos JCH-2026 formatiga qarshi chiqdi: "5:0 yoki 6:0 hisobidagi g'alabalarni emas, sifatli o'yinlarni ko'rishni istayman"
Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Toni Kroos Jahon chempionati ishtirokchilari soni 48 tagacha oshirilganiga salbiy munosabat bildirdi.
"Bir tomondan qaraganda, ko'plab terma jamoalar mundialda ishtirok etish imkoniyatiga ega chiqadi — bu yaxshi. Ammo bunday formatda ko'plab o'tkinchi o'yinlar va yirik hisobdagi g'alabalar bo'ladi. Bu Jahon chempionatida ko'rishni istaydigan narsa emas. Boshlanishida yana bir qo'shimcha saralash bosqichi guvohi bo'lamiz. Men 5:0 yoki 6:0 hisobidagi g'alabalarni emas, sifatli o'yinlarni ko'rishni xohlayman. Bu menga yoqmaydi. O'yinlar soni ko'paygani sabab futbolchilar juda charchab qoladi. Natijada daraja pasayadi", – dedi Kroos.
JCH-2026 yoz oylarida AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar
Mbappe va Holland ham nacha yuqoriga chiqarib qo'yishadi.