"Arsenal" va "Manchester Siti" sobiq futbolchisi "Kan" bosh murabbiyi etib tayinlandi
30 dek 12:57
Yangiliklar
"Arsenal" va "Manchester Siti" sobiq futbolchisi "Kan" bosh murabbiyi etib tayinlandi
Franciyaning "Kan" jamoasi Gael Klishini jamoaning yangi bosh murabbiyiga aylanganini rasman elon qildi.
40 yoshli mutaxassis ushbu lavozimda klub bilan hamkorlikni to'xtatgan Maksim D'Ornanoni almashtirdi.
Qayd etilishicha, Klishi uchun bu mustaqil ravishda bosh murabbiy sifatidagi ilk tajriba hisoblanadi. Bungacha u Franciya yoshlar terma jamoasida murabbiy yordamchisi bo'lgan, shuningdek, Olimpiadada Franciya olimpiya jamoasi murabbiylar shtabida Terri Anriga assistentlik qilgan.
Ayni paytda "Kan" Franciya chempionatining kuch jihatidan uchinchi divizionida 23 ochko bilan 10-o'rinni egallab turibdi. Navbatdagi o'yinda jamoa 16 yanvar kuni "Konkarno"ga qarshi maydonga tushadi.
Malumot o'rnida, "Kan"ning 80% akciyasi "Real" hujumchisi Kilian Mbappega tegishli.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar