Krishtianu Ronaldu: "Mavsum o'rtasida hech kim chempion bo'lmaydi"
28 dek 09:23
Yangiliklar
Krishtianu Ronaldu: "Mavsum o'rtasida hech kim chempion bo'lmaydi"
"Al Nassr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining Saudiya Arabistoni chempionatida etakchilik qilayotgani haqida gapirdi.
Bugun Ar-Riyod jamoasi chempionatning 11-turida "Al Uhdud"ni qabul qilib, 3:0 hisobida g'alabaga erishdi. "Al Nassr" 10 o'yinda 30 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi.
"Biz to'g'ri yo'ldamiz, shu ruhda davom etishimiz kerak. Mavsum hali uzoq davom etadi. Biz yaxshi o'yin o'tkazdik, uchta gol urdik, shunday darajani ushlab qola olishimiz kerak. Mavsum o'rtasida hech kim chempion bo'lmaydi.
Faqatgina keyingi o'yin haqida o'ylayapmiz. Har uch kunda qiyin o'yinlar borligini bilamiz. Asosiysi - tezda tiklanib, barchasiga tayyor turish. Bugun xursandmiz, endi keyingi o'yinga tayyorlanamiz", - dedi Ronaldu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда
Fikrlar