So’nggi yangiliklar

14:4938 ёшли Кавани фаолиятини тугатмаган. Ҳаммаси 28 декабрь ҳазили бўлиб чиқди  0 14:22Владимир Йовович "Андижон"га ўтадими? Футболчининг ўзи жавоб берди  1 13:55Манба: Суперлига-2026да апрель ойи ҳақиқий "боксинг дэй"га айланади  7 13:29U-23 Осиё Кубоги олдидан: рақиблар ва имкониятлар  4 13:07Кавани бутсаларини михга илди  16 12:40"Қўқон-1912" қисқа муддатли таътилга чиқди  1 12:16Уоткинс: "Эмери — тактик даҳо"  4 11:48Одил Абдумажидов: "Андижонда – яқинларим кўз ўнгида тўп тепиш бошқача завқ бағишлайди"  0 11:21Каннаваро Ўзбекистон МТЖ футболчисининг ўйинини стадиондан томоша қилди  6 10:55"Хоразм" яна уч нафар футболчиси билан янги шартномалар имзолади  4 10:31"Нефтчи" яна уч нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  8 10:16Трансфермаркт нашри 2025 йилда энг кўп нархи тушган футболчилардан иборат рамзий терма жамоани тузиб чиқди  0 09:50"Сепахон" менежери Игорь Сергеев ҳақидаги саволга жавоб берди  4 09:23Туркия Суперлигаси. Шомуродов яна бир кўрсаткичда етакчилик қилмоқда  4 08:56Ўзбекистон МТЖ ЖЧ олдидан сўнгги йиғинини қачондан бошлаши маълум  3

U-23 Osiyo Kubogi oldidan: raqiblar va imkoniyatlar Yangiliklar

U-23 Osiyo Kubogi oldidan: raqiblar va imkoniyatlar

Navbatdagi U-23 Osiyo Kubogi yangi yilning ilk xalqaro musobaqasi bo'ladi.

 2026 yilning 6-24 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida U-23 Osiyo Kubogi bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqada O'zbekiston U-23 terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Ettinchi musobaqa

Bu hisob bo'yicha ettinchi Osiyo chempionati bo'ladi. Bungacha olti marta turnir tashkil qilingan bo'lib, OFK rejasiga binoan har ikki yilda bir marta o'tkazish belgilangan.

2013. Mezbon - Ummon. Chempion - Iroq

2016. Mezbon - Qatar. Chempion - Yaponiya

2018. Mezbon - Xitoy. Chempion - O'zbekiston

2020. Mezbon - Tailand. Chempion - Janubiy Koreya

2022. Mezbon - O'zbekiston. Chempion - Saudiya Arabistoni

2024. Mezbon - Qatar. Chempion - Yaponiya

2026. Mezbon - Saudiya Arabistoni. Chempion - ???



Ikkita shahar. To'rtta stadion

Aytib o'tganimizdek, navbatdagi musobaqa Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. O'yinlar ikkita shahar (Ar Riyod, Jidda) va to'rtta stadionda tashkil etiladi. U-23 Osiyo chempionatini qabul qiladigan stadionlar: Prince Faisal Bin Fahd Stadium (Ar Riyod), Al Shabab Stadium (Ar Riyod), King Abdullah Sports City Hall Stadium (Jidda), Prince Abdullah Al Faisal Sports City Stadium (Jidda).

O'zbekiston U-23 terma jamoasi guruh o'yinlarini poytaxt Ar Riyodda joylashgan 22 ming o'rinli Prince Faisal Bin Fahd Stadiumda o'tkazadi.


Avvalgi ishtirok

O'zbekiston U-23 terma jamoasi shu paytgacha o'tkazilgan barcha 6 ta musobaqada ishtirok etgan bo'lib, 2018 yilgi musobaqada chempionlikni nishonlagan hamda 2022, 2024 yilgi kichik qita birinchiligida finalga etib borgan. Yana bir malumot shuki, ketma-ket oxirgi 4 ta musobaqada O'zbekiston U-23 terma jamoasi kuchli to'rtlikka kirishni udlalay olgan hamda barcha 6 ta musobaqada qatnashgan 7 ta jamoadan biri hisoblanadi.



Kerakli musobaqa

U-23 har doim 16 ta jamoa ishtirokida o'tkazib kelinadi va OFK ishtirokchilar sonini ko'paytirishni o'ylayotgani yo'q. Bunga sabab ehtiyoj yo'qligida. Aytib o'tganimizdek, U-23 Osiyo chempionati har ikki yilda bir marta o'tkaziladi va 2028 yilgisi Olimpiada yo'llanmasi uchun o'ynaladi.

Evropada tarqalgan gap-so'zlarga qaraganda, Olimpiya o'yinlarida erkaklar futbolining nufuzi ancha tushishi kutilmoqda. Chunki shu paytgacha 16 ta erkaklar jamoasi Olimpiadada qatnashib kelgan bo'lsa, 2028 yildan boshlab 12 taga tushiriladi. Ayollar jamoalari esa aksincha 12 tadan 4 taga ko'payib? 16 taga etkaziladi.

Bu degani U-23 futbol turniridan Xalqaro Olimpiya qo'mitasi ham, FIFA ham manfaatdor emas. Va bu ketishda sekin-asta erkaklar futboli Olimpiya o'yinlaridan chiqib ketishi mumkin. Ammo ayollar futboli qoladi, chunki hozirgi paytda butun dunyoda ayollar futbolini ko'tarish siyosati ketmoqda.

OFK U-23 Osiyo chempionatini ushlab qolishga harakat qiladi. Chunki 23 yoshgacha futbolchilarning hammasi ham o'z milliy terma jamoalarida o'ynayotgani yo'q. Shu bois bu musobaqa ko'pchilik futbolchilarga tramplin bo'ladi. Aytaylik, U-17 va U-20 Osiyo chempionatlari bor. Undan keyin kattalar o'rtasidagi Osiyo Kubogi o'tkazilardi. 21-22 yoshli o'yinchilar birdaniga milliy jamoaga tusha olmasligini hisobga olib, OFK U-23 Osiyo chempionatini tashkil qilgan va bu bilan to'g'ri yo'l tutgan.


Guruhlar va jamoalar

16 ta jamoa to'rttadan to'rt guruhga bo'lingan. 

"A" guruhi: Saudiya Arabistoni, Vetnam, Iordaniya, Qirg'iziston.

"B" guruhi: Yaponiya, Qatar, BAA, Suriya.

"C" guruhi: O'zbekiston, Janubiy Koreya, Eron, Livan.

"D" guruhi: Iroq, Avstraliya, Tailand, Xitoy. 


O'zbekiston U-23 terma jamoasi "C" guruhida joy olgan bo'lib, kuchli raqiblarga qarshi bahs olib boradi. Ayniqsa Eron va Janubiy Koreya bilan bo'ladigan uchrashuvlar ancha qiziq kechishi aniq. Taqvim quyidagicha ko'rinish olgan: 

7 yanvar. O'zbekiston - Livan

10 yanvar. Eron - O'zbekiston

13 yanvar. O'zbekiston - Janubiy Koreya


Guruhdan chiqsak, kim bilan o'ynaymiz?

Musobaqa formatiga ko'ra, har bir guruhdan 2tadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. C guruhi jamoalari chorak finalni 17 yanvar kuni D guruhi vakillariga qarshi o'tkazadi. Malumki, D guruhidan Iroq, Avstraliya, Tailand va Xitoy o'rin olgan.

O'zbekiston terma jamoasi ushbu Osiyo chempionatiga yaxshi tarkib bilan yo'l olmoqda. Bosh murabbiy Ravshan Haydarov Osiyo turnirlarida nihoyatda omadli hisoblanadi. Bu safar ham omad biz tomonda bo'ladigan degan niyatdamiz.


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
29 dek 13:55:53
Serdar Serdar
Otabek Sidikov foydalanuvchining fikriga javob berish
Икки марта чемпион булган жамоа йук экан.Насиб этса Узбекистон булади .Турнир унча катта ахамиятга эга булмаса хам чемпион булиш яхши албатта .Шунинг учун Ок буриларга омад тилаймиз. Галабалар ер булсин.
Япония бўлган 2016-2024 й
   
29 dek 14:35:46
Otabek Sidikov
Serdar Serdar foydalanuvchining fikriga javob berish
Япония бўлган 2016-2024 й
2024 йил Рахмоналиевнинг пеналтини теполмаган ва натижада Биз маглуб булган финал
   
29 dek 13:53:42
STENLESS..R
Равшанбой гурухдан чиксангиз у ёги осонлашади ва биз финалга умид киламиз омад ёр булсин йигитлар Аллох узи мададкор булсин ОЛFA УЗБЕКИСТОН
   
29 dek 13:48:11
Otabek Sidikov
Икки марта чемпион булган жамоа йук экан.Насиб этса Узбекистон булади .Турнир унча катта ахамиятга эга булмаса хам чемпион булиш яхши албатта .Шунинг учун Ок буриларга омад тилаймиз. Галабалар ер булсин.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика