Arteta qishki transfer oynasida "Arsenal" tarkibini kuchaytirishga bel bog'ladi
30 dek 11:29
Yangiliklar
Arteta qishki transfer oynasida "Arsenal" tarkibini kuchaytirishga bel bog'ladi
Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta tarkibni kuchaytirishsiz ish bitmasligini yaxshi tushunadi.
Ispaniyalik mutaxassisning aytishicha, jarohatlar sabab tarkib ancha zaiflashgan bo'lsa-da, unga futbolchilarni tanlashda moslashuvchanlik kerak. Shu bois qishda yangi o'yinchilarga etibor qaratish lozim.
"Transfer oynasi ochilyapti, biz esa — "Arsenal". Demak, shunga qarashimiz kerak: "Bizga nima kerak?"
Biz faol izlanishimiz shart, bu amalga oshadimi-yo'qmi — bu alohida masala. Bizning vazifamiz — doimo tayyor holda bo'lish, chunki har qanday holat yuz berishi mumkin. Umid qilamizki, bu juda ijobiy narsa bo'ladi.
Boshqa klublarga qarasak, ularning tarkibida 24-25 nafar futbolchi borligini ko'ramiz. Biz kutgandan ko'ra ko'proq jarohat oldik, ularning ayrimlarini oldini olishning iloji ham yo'q edi. Shunga qaramay, biz yanada kuchliroq bo'lishni istaymiz va bu mavsumda futbolchilarning mavjudligi qanchalik muhim ekanini yaxshi anglayapmiz", – dedi Arteta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar