Kvaracxeliya - Gruziyada beshinchi bor yilning eng yaxshi futbolchisi
30 dek 17:55
Yangiliklar
Kvaracxeliya - Gruziyada beshinchi bor yilning eng yaxshi futbolchisi
PSJ vingeri Xvicha Kvaracxeliya 2025 yil yakunlariga ko'ra Gruziyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bu haqda Parij klubi matbuot xizmati malum qildi.
24 yoshli futbolchi ushbu unvonga beshinchi marta sazovor bo'lib, Kaxa Kaladzening rekord natijasini takrorladi.
Kvaracxeliya 2025 yilda PSJ bilan Franciya chempionati, Kubogi va Superkubogi, Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi hamda Qitalararo Kubogini qo'lga kiritdi. Shuningdek, u avvalgi jamoasi "Napoli" bilan Italiya chempionati g'olibi bo'ldi. Kvaracxeliya 2025 yilning yanvar oyida "Napoli"dan PSJga o'tgan edi.
Xvicha 2024/25 yilgi mavsum PSJ va "Napoli" safida 51 o'yin o'tkazib, 13 ta gol va 11 ta golli uzatma qayd etdi. U joriy mavsum francuz jamoasida 21 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 5 ta assist amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar