Uotkins: "Emeri - taktik daho"
29 dek 2025 12:16
Yangiliklar
Uotkins: "Emeri - taktik daho"
Londonda o'tgan "Chelsi" – "Aston Villa" uchrashuvi 2:1 hisobida birmingemliklar foydasiga hal bo'ldi. Uchrashuv davomida maydon egalari 63-daqiqaga qadar 1:0 hisobida oldinda bordi, ammo keyin mehmonlar hisobni tenglashtirib, o'yin oxirida g'alabani ilib ketdi — 2:1. Ikkala golga ham Olli Uotkins mualliflik qildi.
"U taktikani o'zgartirdi, chunki "Chelsi" shaxsiy qo'riqlashda o'ynayotgandi, biroq biz pas berayotganimizda ularda qo'shimcha markaziy himoyachi bor edi. Ikkinchi bo'limda maydonga tushganimda, u Jeydon Sancho va Morgan Rojersni qanotlarga chiqardi, Yuri Tilemansni esa "o'nlik" poziciyaga qo'ydi. Shu tariqa bizda qo'shimcha o'yinchi paydo bo'ldi. U — haqiqiy taktik daho. Ikkita gol urib, "Chelsi"ni mag'lub etish — juda ajoyib his", – dedi Uotkins.

Unai Emeri jamoasi 40 ochko jamg'arib, turnir jadvalida uchinchi o'rinni mustahkamlab oldi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar
Geniy ekan ✅