Kannavaro O'zbekiston MTJ futbolchisining o'yinini stadiondan tomosha qildi
29 dek 11:21
Yangiliklar
Kannavaro O'zbekiston MTJ futbolchisining o'yinini stadiondan tomosha qildi
O'zbekiston terma jamoasi ustozi Fabio Kannavaro BAAda bo'ldi.
O'FA matbuot xizmatiga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro himoyachi Abdulla Abdullaev to'p tepadigan "Dibba Al Fujayra" jamoasining "Al Vasl"ga qarshi uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qildi.

"Dibba Al Fujayra" BAA Pro ligasi doirasidagi uchrashuvda 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Mezbonlar safida o'zbekistonlik Abdulla Abdullaev to'liq harakat qildi. Jamoa 10 uchrashuvdan so'ng 3 ochko jamg'argan holda chempionat turnir jadvalida so'nggi – 14-o'rinda bormoqda. "Al Vasl" esa 18 ochko bilan uchinchi o'ringa joylashgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar