Reyting: Ronaldu XXI asr ilk 20 yilligida milliy chempionatlar tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Ro'yxatda o'zbekistonliklar ham bor
12 jan 2021 19:35
Yangiliklar
Reyting: Ronaldu XXI asr ilk 20 yilligida milliy chempionatlar tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Ro'yxatda o'zbekistonliklar ham bor
Unda etakchi sifatida 462 ta gol bilan Krishtianu Ronaldu ko'rsatildi. Ronaldu gollarini Portugaliya, Angliya, Ispaniya hamda Italiya chempionatlarida urgan. Undan keyingi pog'onadan “Barselona” forvardi Lionel Messi (451) joy oldi. “Milan” azosi Zlatan Ibrahimovich (379) esa kuchli uchlikka yakun yasadi.
TOP-10 esa quyidagicha:
1. Krishtianu Ronaldu - 462 gol;
2. Lionel Messi - 451 gol;
3. Zlatan Ibragimovich - 379 gol;
4. Luis Suares - 332 gol;
5. Aleksandar Jurich - 304 gol;
6. Ali Ashfaq - 287 gol;
7. Robert Levandovski - 285 gol;
8. Samuel Eto′O - 282 gol;
9. David Vilya - 280 gol;
10. Martin Kamburov - 278 gol.
Etiborlisi shundaki, ro'yxatda o'zbekistonlik futbolchilar ham bor. Faoliyatini yakunlagan Anvar Berdiev XXI asrda 164 ta gol urgan bo'lsa. Zafar Xolmurodov hisobida 151 ta to'p mavjud. Berdiev va Xolmurodov reytingda 58-o'rindan pastroqda qayd etilgan.
P.S. To'liq reyting bilan quyidagi link orqali tanishishingiz mumkin.
Fikrlar