Farruh Sayfiev: "Farg'ona xalqi uchun birinchi Superkubok"
16 mar 01:04
Yangiliklar
Farruh Sayfiev: "Farg'ona xalqi uchun birinchi Superkubok"
"Neftchi" azosi Farruh Sayfiev Superkubok finalidan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Farg'ona xalqi uchun birinchi Superkubok qo'lga kiritildi. Ajoyib o'yin bo'ldi. Butun stadion "Neftchi"ga muxlislik qildi. "Paxtakor"ga keyingi uchrashuvlarda omad tilayman.
Yangi murabbiy kelgach taktikamiz o'zgardi. To'rtta himoyachi bilan hujumkor futbol namoyish etyapmiz. Dastlabki uchta turdan keyingi natijalar gaplarimga isbot bo'ladi.
Maqsadimiz yana bir chempionlikka erishish. Elit OCHLda esa yaxshi natijaga erishishimiz kerak. Buning uchun borimiz beramiz, — deya fikr bildirdi Farruh Sayfiev finaldan so'ng.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar