Kamoliddin Tojiev: "Bugun bizning kunimiz emas ekan"
15 mar 22:51
Yangiliklar
Kamoliddin Tojiev: "Bugun bizning kunimiz emas ekan"
- O'yin haqida fikringiz?
- Bugun O'zbekiston Superkubogi uchun o'yinda maydonga tushdik va afsuski, o'z maqsadimizga erisha olmadik. O'yinning borishidan kim birinchi gol ursa, shu jamoa g'alaba qozonadigan bahsga o'xshab qoldi. "Neftchi" gol urdi va g'alaba qozondi. Birinchi taymning o'zida Rustam Turdimurovda uchta yuz foizli vaziyat bo'ldi, lekin to'p kirita olmadi. Biz gol urmadik, "Neftchi" esa to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. O'yin yaxshi kechdi. Yigitlarimiz 200 foizga harakat qilib, yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Bugun bizning kunimiz emas ekan.
- "Paxtakor" bu mavsum Superligada hozircha uchta va Superkubokda bitta - jami 4ta uchrashuv o'tkazdi. Bugungi bahsni "Paxtakor"ning eng yaxshi o'yini deb ayta olasizmi?
- Ha, bugun eng yaxshi o'yinimizni o'tkazdik.
- O'yinni kuchaytirish maqsadida zaxiradan futbolchilarni tushirdingiz. Lekin ular o'yinni kuchaytira olmadi. Masalan, Oybek Bozorov o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etmadi. Bu borada fikringiz qanday?
- Zaxiradan tushgan hamma futbolchilarimiz yaxshi harakat qilishdi. Men ularning o'yinidan qoniqdim. Balki ozgina ko'proq vaqt berishimiz kerak bo'lgandir, lekin hamma o'ziga berilgan imkoniyatdan foydalanishga harakat qildi.
- Zaxiradan tushgan Pyotr Pajishek havodagi to'plarga deyarli sakramadi, faqat "blok" qo'yib yurdi.
- Sakrasa orqada hech kim yo'q edi, shu bois to'pni o'ziga bo'ysundirishga harakat qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar