O'zbekiston Superkubogi–2026: Berdiev rekordchi, ro'yxatda xorijlik murabbiylar ham bor
14 mar 15:35
Yangiliklar
O'zbekiston Superkubogi–2026: Berdiev rekordchi, ro'yxatda xorijlik murabbiylar ham bor
Ushbu trofey mamlakat chempionlari ("Neftchi") va Kubok sohibi ("Paxtakor") o'rtasida o'tkaziladigan o'ziga hos jang. Turnir tarixi davomida qator mashhur murabbiylar Superkubokni qo'lga kiritgan bo'lsa, ular orasida eng katta natijaga erishgan mutaxassis — Ro'ziqul Berdiev hisoblanadi.
Berdiev — mutlaq rekordchi
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev O'zbekiston Superkubogi tarixida eng ko'p g'alaba qozongan murabbiy sifatida qayd etilgan. U mazkur sovrinni jami to'rt marta qo'lga kiritgan. Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" Superkubokni quyidagi yillarda yutib olgan:
2016 yil. "Nasaf" - "Paxtakor" 1:0
2023 yil. "Paxtakor" – "Nasaf" 1:2
2024 yil. "Paxtakor" – "Nasaf" 1:1 (pen 3:4)
2025 yil. "Nasaf" – "Andijon" 1:0
Bu natija uni turnir tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiyga aylantirdi. Ayniqsa, so'nggi yillarda "Nasaf"ning barqaror o'yini va sovrinlar uchun kurashida Berdievning hissasi katta bo'lmoqda. Ro'ziqul Berdievning rekordi yaqin yillarda yangilanadimi yoki boshqa murabbiylar bu natijaga yaqinlasha oladimi — bu savol ham Superkubok atrofidagi asosiy intrigalardan biri bo'lib qoladi.

Turli avlod murabbiylari ro'yxatda
O'zbekiston Superkubogi g'oliblari ro'yxatida mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda xorijlik murabbiylar ham bor. Turli yillarda turli jamoalarni boshqargan murabbiylar ushbu trofeyni qo'lga kiritgan.
Superkubokni yutib olgan murabbiylar:
Viktor Jalilov ("Navbahor") — 1999
Mirjalol Qosimov ("Bunyodkor") — 2014
Vadim Abramov ("Lokomotiv") — 2015
Andrey Fyodorov ("Lokomotiv") — 2019
Piter Xyuistra ("Paxtakor") — 2021
Slavche Voyneski ("Paxtakor") — 2022

Bu ro'yxatdan ko'rinib turibdiki, turnir nafaqat mahalliy murabbiylar, balki xorijlik mutaxassislar uchun ham muvaffaqiyatli maydonga aylangan.
2026 yilgi Superkubok bahsi ham muxlislar uchun katta qiziqish uyg'otmoqda. Yangi mavsumda o'tkaziladigan bu uchrashuv jamoalarning tayyorgarlik darajasi va ambiciyalarini ko'rsatib beradi. Boz ustiga Superligadagi startdan so'ng ularning kuchini
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar