Islom Ismoilov: "Men haqimdagi noo'rin fikrlarga mehnatim va natija bilan javob beraman"
16 mar 01:16
Yangiliklar
Islom Ismoilov: "Men haqimdagi noo'rin fikrlarga mehnatim va natija bilan javob beraman"
– G'alaba bilan tabriklaymiz. “Neftchi” jamoasi superkubok chempionligi bilan futbol nuqtai nazaridan bir qancha yuqoriga yuksaldi. Savolim shundan iboratki, o'tgan mavsum Superligada yigirma to'rt yil deganda "Neftchi" chempion bo'lganda, jamoa yangi davrga qadam qo'ydi deyildi va bu qaysi manoda to'g'ri edi. Lekin murabbiy o'zgardi, bu mavsum jamoa sizning qo'lingiz ostiga o'tdi va bu sizning qo'l ostingizdagi birinchi kubok. Xo'sh, bu eski erani davom ettirilishimi yoki sizning qo'l ostingizdagi yangi erani boshlanishimi?
– Albatta, o'tgan yilga keladigan bo'lsak, avvalgi murabbiyga ham rahmat aytaman. Jamoa uchun juda ko'p xizmatlar qilgan. Endi bu holat murabbiyning qismati. Jamoani qabul qilib olganimdan keyin, o'yin uslubini, g'oyalarini va oldiga qo'yilgan maqsadlarni o'zgartirdik. Tubdan o'zgartirdik, chunki jamoa ko'proq himoyaviy futbolga urg'u bergandi. Jamoani qabul qilganimdan keyin ko'proq hujumkor futbolga o'ynashga majbur qilyapmiz va bu o'zini oqlayapti. Futbolchilarga rahmat aytaman. Ular ham biz tomonimizdan aytilgan ko'rsatmalarni chiroyli bajarishyapti va shunga yarasha natijalar yaxshi bo'lyapti. Davrga keladigan bo'lsak, har bitta jamoa o'zini oldiga yuqori maqsadlar qo'yadi. Har yili yangi davr boshlanadi deb o'ylayman.
– Kecha matbuot anjumanida Ikrom Aliboev asosiy tarkibga tushadimi deb savol bergandim. Bugun qaysidir manoda Ratino ham asosiy tarkibga qaytdi va Jokich asosiy tarkibda tushgani yuz foiz o'zini oqladi. Chunki u markazni egalladi desak bo'ladi. Mana shu haqda to'xtalib o'tsangiz.
– Ushbu poziciyada ko'p tanlovlar bor. Ikrom Aliboev, Ratio, Jokich. Ular yuqori saviyadagi futbolchilar. Shuning uchun uchrashuvga ko'proq Ratino tayyor edi. "Paxtakor" maydon markazida dominantlik qilishini hisobga olgan holatda ikkita tayanch himoyachi bilan o'ynadik. Jokich ko'proq himoyaviy holatlarda jamoaga yordam bersa, Ratino hujum boshlashda va yakunlashda ko'proq foydasi tegar edi va bu o'z so'zini aytdi, u gol urdi. O'ylaymanki, qarorlar to'g'ri bo'lgan.
– Menimcha, bugungi o'yinning eng yaxshi futbolchisi Ibrohimxalil Yo'ldoshev bo'ldi. Qaysi shogirdingizdan ko'nglingiz yuz foiz to'ldi bugun? Albatta, jamoaviy o'yin bilan g'alaba qozoniladi. Lekin aynan qaysi shogirdingizni o'yini o'zgacha taassurot qoldirdi? Menimcha, Ibrohimxalil Yo'ldoshev o'zgacha ajralib turdi.
– Yo'q. Bitta odamni ajratish noto'g'ri. Hamma futbolchilar alo darajada harakat qilishdi. Buning uchun ularga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Chunki maydonda har bitta futbolchi jonini berdi. Kecha ham aytgandim, o'yinda taktikadan ko'ra xarakter birinchi o'ringa chiqadi. Futbolchilarga rahmat aytaman, ular xarakter ko'rsatishdi. Maydonda haqiqiy jang bo'ldi.
– "Paxtakor" to'pga ko'proq egalik qilganday bo'ldi, ular o'yinda dominantlik qilganday tuyuldi. Lekin "Neftchi" yakunda g'alaba qozondi. Bu fikrga qo'shilasizmi?
– Yo'q, qo'shilmagan bo'lardim. O'ylashimcha, to'p nazorati ikkala jamoada ham yuqori bo'lmadi. Ikkala jamoa ham ochiq futbol namoyish etdi, hujumkor futbol bo'ldi. Shuning uchun to'p nazoratining o'zi jamoaga hech narsa bermaydi. Bizning maqsadimiz ko'proq hujumlar uyushtirish va raqib darvozasi oldida ko'proq xavfli vaziyatlar yaratish edi.
– O'yin taktik g'oyalaringiz ostida o'tdi deb hisoblaysizmi yoki futbolchilarning individual mahorati evaziga g'alaba erishildimi?
– Mahoratni oladigan bo'lsangiz, "Paxtakor" tarkibida ham shunday futbolchilar ko'p. Terma jamoaga nomzod, terma jamoaning asosi bo'lgan futbolchilar ko'p. Hech qanaqasiga "Paxtakor" mahorat jihatdan bizdan past emas. Bunday bosimda, bunaqa finallarda ko'p hollarda ko'p taktikalar yo'qoladi. Yana o'sha gapimga qaytadigan bo'lsak, xarakter. Futbolchilar bugun xarakter ko'rsatishdi. Shuning uchun o'ylaymanki, jamoa g'alaba qozondi.
– "Neftchi" bugun "Paxtakor"ning pressingida xotirjam o'ynadi va bu bilan Klopp davridagi "Liverpul"ni eslatib yubordi. Bu alohida "Paxtakor"ga ishlangan taktikami yoki jamoaning falsafasiga aylanib bormoqdami?
– Bu savolni kutgan edim. Pressingga keladigan bo'lsak, "Paxtakor"ni o'rganib chiqqan paytimizda, ularga qarshi o'ynayotgan ko'p jamoalar pressing qilmas edi. "Paxtakor"ga to'pni berardi, o'zi ikkinchi zonada, uchinchi zonada himoyalanardi va bu bilan "Paxtakor" o'z dominantligini ko'rsatardi, futbolchilar xotirjam o'ynashardi. Biz shuni o'rganib chiqqan holatda uchrashuvning boshidan pressing qilishga qaror qildik va jamoaning himoyadan hujumga chiqishini kesib qo'ydik. Raqibni uzun paslar bilan o'ynashga majbur qildik.
– Ko'pchilik Islom Ismoilov muvaffaqatsizlikka uchraydi degandi. "Neftchi" mavsumni ajoyib boshladi, uchta g'alaba, bugun sovrin. Sizni tanqid qilganlarga qanday munosabatdasiz?
– Bir narsaga hayron qolamanki, biz o'zbek murabbiylarimiz-da. O'zbek murabbiylarni muxlislar qo'llab-quvvatlasa, xursand bo'lardik. Nima bo'lsa ham biz shu erdamiz, vatan uchun qo'ldan kelgancha xizmat qilamiz. Muxlislardan so'rab qolardikki, qo'llab-quvvatlasin. Biz O'zbekistonning farzandimiz. Yaxshimi-yomonmi, doim shu yurtda bo'lamiz. Shuning uchun bunaqa narsalarga etibor qaratmayman. Maqsadim – doim oldiga intilish va o'z mehnatim bilan, natijalarim bilan noto'g'ri fikrlarga javob berish.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar
Кулгули фикр ёзишни хам сиздан ургандик.
Энди кутизи шартта кисинде Байрамни давом этрвуринг. Хоким бувангиз булмаса баклашкани копкогини хам ютолмасди. Ортикхужаевга хам рахмат этиш эсиздан чикмасин.
Лекин курдимки бу уйинда пахтакор хохлаганда Нефтчи дарвозасига камида 2 та гол уриши мумкун эди. Хулоса шуки бу кубок купрок Фаргона хокимига керак экан. Ахир шунча йил пул тикиб нимадир ютиш керак ку тугрими.