“Oltin to'p-2019” taqdimot marosimi boshlanishiga oz muddat qoldi, asosiy davogarlar qaerda?
02 dek 2019 20:50
Yangiliklar
“Oltin to'p-2019” taqdimot marosimi boshlanishiga oz muddat qoldi, asosiy davogarlar qaerda?
Xabaringiz bor, bugun Franciya poytaxti Parij shahridagi “SHatle” teatrida “Oltin to'p-2019” marosimi bo'lib o'tadi.
"France Football" talqiniga ko'ra, yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga asosiy davogar bo'lganlar ayni vaqt qayerda
Virjil van Deyk (“Liverpul”, Gollandiya) – “Nike” hamkorligida tayyorlangan maxsus rolikda suratga tushish uchun Gollandiyaning Breda shahriga kelgan.

Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”, Portugaliya) – o'z nomi ostida Lissabonda ochilgan “Pestana CR7” mehmonxonasiga tashrif buyurgan.

Lionel Messi (“Barselona”, Argentina) – rafiqasi Antonella Rokucco hamda jamoadoshlari bilan Parijga yo'l olgan.

Eslatib o'tamiz, yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 00:30da boshlanadi. 21:00dan esa taqdimotgacha bo'lgan tadbirlar bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar