Pyotr Pajishek: "Paxtakor"ga kelishim? Evropadan tashqarida o'ynab ko'rmoqchi edim.
15 mar 15:39
Yangiliklar
Pyotr Pajishek: "Paxtakor"ga kelishim? Evropadan tashqarida o'ynab ko'rmoqchi edim.
"Finalda o'tgan mavsumda oltin va kumush medallarga ega chiqqan jamoalar to'qnash keladi. Kurashlarga boy o'yin bo'lishini taxmin qilyapman. Ertaga nima bo'lishini maydonga bilib olamiz", - dedi Pyotr Pajishek finaldan oldin.
- "Navbahor"ga qarshi mag'lubiyatga qanday izoh bera olasiz? Finaldan oldin jamoa mag'lubiyatga uchradi.
- Futbolda barcha uchrashuvlarda g'alaba qozonib bo'lmaydi. Biz bunday o'yin bo'lishini kutmagandik, ochig'i. O'zimizga kerakli xulosalar chiqarib oldinga yurishda davom etamiz. Bu tabiiy holat.
- "Paxtakor" qishki transferlar oynasida juda ko'plab hujumchilar bilan muzokara olib bordi, lekin yakunda jamoaga siz kelib qo'shildingiz. Muzokaralar jarayoni haqida batafsil aytib bersangiz. Nega "Paxtakor"ga kelishga qaror qildingiz?
- Muzokaralar shartnomaga qo'l qo'yishimdan 2-3 hafta oldin boshlangan edi. Ular menga aloqaga chiqishdi. Ko'plab mamlakatlardan takliflarim bor edi. Shu sababli o'ylash uchun biroz ko'proq vaqt kerak bo'ldi. Men Evropadan tashqarida o'ynab ko'rmoqchi edim. Shuning uchun "Paxtakor" varianti menga mos tushdi.
- Evropadan tashqarida o'ynamoqchi edim dedingiz. Nega bunday niyatingiz bor edi? Deyarli barcha futbolchi Evropada to'p tepishni orzu qiladi-ku...
- Faoliyatimga nazar tashlasangiz Evropadagi ko'p chempionatlarda o'ynab ko'rganman. Hozir 32 yoshdaman va yana 4-5 yil yaxshi darajada futbol o'ynash imkoniyatim bor. Shu sababli yangi tajriba va chaqiriqni istadim. Evropa men uchun tanish, faoliyatimning so'nggi yillarini o'zimga tanish bo'lgan joyda o'tkazish mantiqsiz deb o'ylayman.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar