So’nggi yangiliklar

23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  0 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  0 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  0 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  2 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  5 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  6

"Nasaf" Aziz G'anievning transfer qiymatini 1 million AQSH dollari deya baholamoqda Yangiliklar

"Nasaf" Aziz G'anievning transfer qiymatini 1 million AQSH dollari deya baholamoqda

"Nasaf"ning istedodli yarim himoyachisi Aziz G'aniev jarohatidan so'ng yana o'zining sport formasini tiklab bormoqda.

G'aniev jarohati tufayli yarim yildan ko'proq safdan chiqqandi. Joriy mavsum boshlangach yana yashil maydonga qaytgan futbolchi o'zining avvalgi sport formasiga kirib bormoqda.

Endigina o'sib kelayotgan futbolchi jarohati tufayli malum vaqtni yo'qotdi va Osiyo Kubogiga borish imkoniyatini ham qo'ldan chiqargandi. O'tgan yili xorijning bir qator klublari va O'zbekistondan "Paxtakor" jamoasi jizzaxlik futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirayotgandi. Biroq o'tgan yilgi transfer bozorida "Nasaf" hamda "Paxtakor"ning o'zaro kelisha olishmagani, xorij jamoalaridan tushgan takliflar qarshiliklarni qoniqtirmagani tufayli Aziz Qarshida yana ushlanib qolgandi. Natijada keyinchalik jarohat olgan futbolchining "sovchi"lari eshikni malum vaqt "taqillatmay" qo'yishgandi. Lekin jarohatidan keyin ham avvalgi o'yinlari va jozibador zarbalari evaziga yana ko'pchilikning diqqatini tortayotgan futbolchi borasida qiziqish va takliflar qayta tiklanmoqda.

O'tgan yili "Paxtakor"ning 5 milliardga yaqin taklifiga rad javobini bergan "Nasaf"ga yana toshkentliklardan qiziqish vujudga kelgan. Yaqinda "Paxtakor" norasmiy, yani og'zaki taklif bilan "Nasaf"ga chiqqan. Hali rasmiy muzokaralarga kirishilgani yo'q. Lekin shunisi aniqki, "Nasaf" Aziz G'anievning transfer qiymatini 1 million AQSH dollari deya baholayotgan «Nasaf» rahbariyati hozirgi holatda 700-800 ming AQSH dollari va keyingi transfer operaciyadagi malum bonuslar evaziga sotishga rozi bo'lishlari mumkin. Xuddi Odil Hamrobekov transfer singari.

«Nasaf» ayni damda G'aniev bo'yicha mo'maygina taklif tushayotganda transfer masalasi borasida o'ylab ko'rishi mumkin. CHunki futbolchining amaldagi shartnomasi 2020 yil so'nggida tugaydi. Agarda klub hozirda tushayotgan takliflarni o'ylab ko'rmasa yoki futbolchini sotmasa, unda keyinchalik G'anievni erkin agent sifatida qo'ldan chiqarib qo'yish ehtimoli bor. Yoki mavsum yakuniga qadar qarshiliklar Aziz G'anievni ko'ndiradigan shartnoma taklif etib, o'rtadagi bitimni uzaytirishlari lozim bo'ladi. Bu futbolchini keyinchalik ham o'sishga erishsa yanada qimmatroqqa sotish imkoniyatini qoldiradi. Lekin hozirgi holatda (natija/moliya) Azizni qiziqtiradigan taklif bildirish «Nasaf» uchun og'irlik qilishi mumkin.

G'anievning xorijga ketish vaqti kelgan. Biroq kutilmagan jarohat va «Nasaf»ning OCHLsiz qolishi bu masalani yana cho'zib qo'ydi. Xorijga, yaxshi saviyadagi chempionat qiziqishiga uchrash uchun G'aniev kelasi yili qishda Tailandda bo'ladigan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida OTJ bilan Olimpiya yo'llanmasini qo'lga kiritishi va 2020 yili yozda Tokioda qayta porlashi talab etiladi.

P.S. Superligada yozgi transfer oynasi 9 iyul kuni rasman ochiladi.

SHahboz Beg'amovning telegram'dagi kanalidan olindi.

Reyting: +72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика