So’nggi yangiliklar

09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  7 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  10 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  7 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  11 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  20 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  3 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1

Akmal Rustamov: "Superligada o'yinlar orasida vaqt kam. Bir kunni yo'lga sarflayapmiz, ikki kun suniy maydonda mashg'ulot qildik" Yangiliklar

Akmal Rustamov: "Superligada o'yinlar orasida vaqt kam. Bir kunni yo'lga sarflayapmiz, ikki kun suniy maydonda mashg'ulot qildik"

Navoyining "Qizilqum" jamoasi Superliganing 19-turida Urganchda "Xorazm" mehmoni bo'ldi (1:0).

 Uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Akmal Rustamov fikrlarini bildirib o'tdi.


"OKMK bilan o'yindan keyin Xorazmgacha uzoq yo'lni bosib o'tdik. Futbolchilarning jismoniy holatini maromiga keltirish qiyin bo'ldi. Shunga qaramay futbolchilar borlarini berdi, ularga rahmat aytmoqchiman. 2-3 nafar futbolchilarimiz Shohruz Norxonov, Islom Kenjaboev bugun ishtirok eta olishmadi. Bundan tashqari yana ayrim futbolchilardan foydalana olmadik. Yigitlar yo'qotishlarning o'rnini bilintirishmadi.

Birinchi bo'limda 3-4 ta golli vaziyat yaratdik, lekin yakuniy nuqtada qiynaldik. Navoiydan kelgan muxlislarga ham rahmat aytmoqchiman",- deydi Akmal Rustamov. 


- Superliga tarixida birinchi marotaba suniy maydonda uchrashuv bo'lib o'tdi. Maydon borasida fikringiz qanday?

- "Xorazm"da suniy maydon ekanligidan xabarimiz bor edi. O'zimizda Navoiy akademiyasi maydonida Turkiyadan keltirilgan suniy maydonda mashg'ulot o'tkazishga ulgurdik. Buning uchun akademiya rahbarlariga rahmat aytaman. O'yinda boshqacha yuklama bo'ldi. Suniy qoplamada baribir qiyin. 

- O'yin davomida vaqt cho'zishlar nimadan kelib chiqyapti?

- To'g'ri tushunishingizni so'rayman. Ular ataylab qilmayapti. O'yinlar orasida vaqt kam. 1 kun yo'lga, 2 kun mashg'ulotga sarf qilinmoqda. Futbolchilarning jismoniy holatida toliqish bor. Bu menimcha hamma jamoada yuz berayotgan holat. Charchoq shundan kelib chiqmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика