Hakim Fuzaylov: "Xorazm"ni Superligada olib qolishga harakat qilamiz, boshqa yo'limiz ham yo'q"
18 avg 23:13
Yangiliklar


Hakim Fuzaylov: "Xorazm"ni Superligada olib qolishga harakat qilamiz, boshqa yo'limiz ham yo'q"
"Birinchi navbatda bugun stadionni bayramona holatga tayyorlashganini aytib o'tmoqchiman. Yutqazganimiz alamli bo'ldi, albatta. Umuman olganda "Qizilqum" qarshi hujumlarga tayanishini va "avtobus" qo'yishini bilar edik. Bugun nafaqat himoya, balki yarim himoyachilarimiz ham kutilgan o'yinni ko'rsata olishmadi. Biz yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik, raqib esa imkoniyatni qo'ldan boy bermadi. Muxlislar, rahbariyatga bayram taqdim qilmoqchi edik, lekin bu - futbol.
Bu yil ko'plab o'yinlarda muxlislar qarshisida o'ynadik. Yigitlarga hayajonga berilmaslikni aytgandim. Ilk daqiqalardan xatolarga yo'l qo'ydik. Birinchi bo'limdayoq o'zgarish ham qilmoqchi edim. Qaysidir manoda o'zimizga o'xshamadik. Jamoamiz har bir o'yinda futbol o'ynamoqda, harakat qilmoqda.
- Maydon chimi borasida fikringiz. Bu jamoaga ustunlik beradimi?
- Bu haqida gapirish qiyin, chunki ertaga Toshkentga yo'l olamiz va tabiiy maydonda OKMKga qarshi tayyorlanamiz. Bu erga suniy maydonga qaytdik, bu o'ziga yarasha qiyin. Raqib bir kun oldin kelib mashg'ulot o'tkazib yutib ketdi. Suniy maydon keyin tabiiy moslashishda muammolar bo'lishi mumkin. Bugungi o'yin ko'rsatdiki o'ynash va yutish ham mumkin. Jamoani Superligada olib qolishga harakat qilamiz. Boshqa yo'limiz qolmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar