So’nggi yangiliklar

09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  7 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  10 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  7 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  11 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  20 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  3 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1

Shavkat Mirziyoev Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilgan Milliy futbol markazi bilan tanishdi Yangiliklar

Shavkat Mirziyoev Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilgan Milliy futbol markazi bilan tanishdi

Davlat rahbari ikki yil oldin bu erga tashrif buyurib, mavjud stadionga tutash hududda zamonaviy majmua bunyod etish zarurligini aytgan edi.

Ko'p o'tmay, 2023 yil 3 noyabrda “Futbol-talim muassasalari tarmog'ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” Prezident qarori imzolandi.

Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan mazkur markaz bunda juda muhim bo'g'in. Bu erda bir vaqtning o'zida 6 ta terma jamoamizning o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish imkoniyati bor. Buning uchun stadionlar, o'quv binolari, sport zallari, mehmonxona barpo etilgan. Plyaj futboli maydoni, futzal maneji, basseyn va reabilitaciya bo'limi qo'shimcha qulayliklar yaratgan.

Majmuada professional futbolchi va mutaxassislarni tayyorlash uchun to'rtta tuzilma tashkil etildi. Bular - Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi, Respublika futbol akademiyasi, Sport tibbiyoti va reabilitaciya markazidir.

Prezidentimiz ularda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Futbol tibbiyoti va reabilitaciyasi bo'limiga xorijiy uskunalar olib kelingan, eng ilg'or uslublar o'zlashtirilgan. Bu futbolchilarga qisqa vaqt ichida jismonan tiklanish imkoniyatini beradi.

Futbol akademiyasida yosh istedodlar saralanib, tarbiyalanadi. Buni xalqaro darajada tashkil etish uchun markazga Argentina, Vengriya va Xorvatiya kabi davlatlardan mutaxassislar jalb qilingan. Ular malakali murabbiy, hakam, tahlilchi, selekcioner va futbol menejerlarini tayyorlashda ishtirok etmoqda. Majmuada “VAR markazi” ham tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari shu erda sport faxriylari va yosh futbolchilar bilan suhbatlashdi. O'zbekistonda futbol eng ommaviy sport ekani, uni rivojlantirish izchil davom ettirilishi takidlandi.

Keyingi yillarda futbol tizimi tubdan yaxshilandi. Bolalar futboli, to'garakalardan tortib akademiyalar, jamoalar, chempionatgacha etibor kuchaydi. Natijalar birin-ketin bo'y ko'rsatmoqda. Ularning eng muhimi – Vatanimiz tarixida birinchi marta milliy terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqqani bo'ldi.

Yana bir shonli yutuq aprelda Caudiya Arabistonida bo'lib o'tgan Osiyo kubogida qo'lga kiritildi. 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar terma jamoamiz unda birinchi o'rinni egallab, jahon chempionatiga yo'llanma olgan edi.

Prezident ushbu qahramon futbolchilarimiz bilan uchrashib, ularga mehr-etiborini izhor qildi.

"Biz hamma sohada dunyoda munosib o'rin egallashga intilayapmiz. Sportchilarimiz buni tezroq etkaza oladi. Sizlar irodali g'alabangiz bilan, xalqimiz mehnat qilsa, harakat qilsa, hamma narsaga qodir ekanini yana bir bor isbotladingiz. Butun dunyo sizning timsolingizda azmu shijoatli, g'ururi baland, hech qachon intilishdan qaytmaydigan yangi O'zbekiston avlodini ko'rdi. Endi futbolni hozirgidan ham 2-3 karra ko'proq qo'llab-quvvatlaymiz. Sizdek yoshlar xalqimizning ishonchi, Prezidentning quvonchisizlar", – dedi Shavkat Mirziyoev.

Sportchilar bu sharoitlar uchun davlat rahbariga minnatdorlik bildirib, xalqimiz ishonchini oqlashga vada berishdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика