Strimerning onasini so'kkan Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi ayolning o'zidan kechirim so'radi
18 avg 22:27
Yangiliklar


Strimerning onasini so'kkan Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi ayolning o'zidan kechirim so'radi
Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Fyodor Smolov strimer va uning onasini haqorat qildi.
Voqea Counter-Strike 2 bo'yicha o'tkazilayotgan media turnirda sodir bo'ldi. Yirik mag'lubiyatdan jahli chiqqan Smolov strim davomida raqibini haqorat qildi. "@#$@$ @#@#@ (so'kinish). Men Saratovda, onangni uyidaman".
Birozdan keyin uning Twitch platformasidagi akkaunti bloklandi, jamoada esa Smolov o'rnini boshqa o'yinchi egalladi.
Ushbu voqeadan bir necha kun o'tib Fyodor Smolov u so'kkan strimerning onasiga gul yuborib, kechirim so'radi.
"Elena, xayrli kun!
Strim vaqtida sizni tilga olish men tomondan noto'g'ri ish bo'ldi. Sizni yoki sizning hissiyotlaringizni haqorat qilishni xohlamagan edim. Ushbu gulni hurmatim ramzi sifatida qabul qilasiz degan umiddaman. Fyodor Smolov".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar