So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Superliga. "Neftchi" uchun Namangan - "qo'rqinchli" makonmi? Yangiliklar

Superliga. "Neftchi" uchun Namangan - "qo'rqinchli" makonmi?

Bugun Superliganing 19-turidan 1 emas 3 ta uchrashuv o'rin olgan.

Qaysidir manoda bugun bizni o'zgacha olovli kun kutmoqda. Qarshida "Nasaf" - "Sho'rtan" derbisi, Olmaliqda nomlar Qosimov - Abramov dueli, Namanganda esa "Navbahor" - "Neftchi" vodiy derbisi. Ko'rinib turibdiki bu uchrashuvlarga qandaydir ortiqcha tarif shart emas. Bu to'qnashuvlar har doim, har yili muhimlilik ahamiyatini yo'qotmagan. Biz esa masuliyatli bellashuvlarga oid qiziq faktlar bilan o'rtoqlashamiz. 


Ro'ziqul Berdiev "Nasaf" ustozi sifatida "Sho'rtan"ga yutqazmagan. Elita doirasida kechgan barcha 11 ta bahsning barchasida "ajdarlar" zafar quchgan. G'uzorliklar oxirgi marotaba raqibi ustidan 2011 yilgi mavsumda 3 ochkoga ega chiqqan. "Sho'rtan" bu yil mehmondagi birorta o'yinda natijani o'z foydasiga hal qila olgani yo'q. "Nasaf" esa o'z maydonida raqiblariga imkoniyatni boy bergani yo'q.


"Neftchi" 2011 yildan beri Namanganda "Navbahor"ni yuta olmay kelmoqda. Farg'onaliklar so'nggi bor "lochinlar"ni safarda 2011 yil enggan. Keyingi 10 ta o'yinning 5 tasi durang, 5 tasi maydon egalarining g'alabasi bilan yakunlangan. 2011 yildan buyon "Navbahor"ni Usmon Asqaraliev, Mustafo Bayramov, Baxtiyor Ashurmatov, Rashid G'ofurov, Aleksandr Volkov, Ravshan Bazarov, Ilhom Mo'minjonov, Andrey Kanchelskis, Deyan Jurjevich, No'mon Hasanov, Viktor Jalilov, Samvel Babayan, Sergey Lushchan kabi murabbiylar boshqardi. "Neftchi"ga esa Superligada Amet Memet, Murod Ismoilov, Andrey Fyodorov, Vadim Abramov, Sergey Kovshov, Bahrom Haydarov, Ilhom Mo'minjonov, Vitaliy Levchenko kabi murabbiylar ustozlik qildi. 


Yana bir malumot, "Navbahor" bu mavsum uyda yutqazmagan Superliganing ikki jamoasidan biri bo'lib turibdi. "Neftchi" esa safar o'yinlarida mag'lubiyatsiz seriya qayd etyapti.


"Dinamo" - OKMK uchrashuvlari oxirgi yillarda gollarga boy o'tmoqda. Jamoalarning so'nggi 5 ta o'yinida darvozalarga jami 16 ta gol urilgan. Samarqandda kechgan o'yinlarda faqatgina bir marotaba muxlislar gol ko'rishmagan (2013 yil). Vadim Abramov bu mavsumda 2 mag'lubiyatni ham faqat Samarqandda qabul qilib oldi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика