Bellingem Madridda o'zi va onasiga uy olish uchun 32 mln evro sarfladi
18 avg 17:57
Yangiliklar
Bellingem Madridda o'zi va onasiga uy olish uchun 32 mln evro sarfladi
Madridning "Real" jamoasi futbolchisi Jud Bellingem Ispaniyada ko'chmas mulk sotib olish uchun 32 mln evro sarf etdi.
Bu haqda Sport.es xabar berdi.
22 yoshli Bellingem Madridning eng qimmat tumanlaridan biri La Moralexada har biri 16 mln evrodan bo'lgan ikkita koshona sotib oldi, bu esa jami 32 mln evroni tashkil etadi.
Uylar Qirollik golf-klubiga juda yaqin joylashgan. Ulardan biri futbolchining uyi bo'lsa, ikkinchisi onasi Deniznikidir. Ikkala uy ham o'ta zamonaviy dizaynda hamda bog' va hovuzga qarab turgan katta panoramali derazalarga ega.
Bellingem yozda elkasining takroriy chiqishi tufayli operaciya qilingandi. U kamida oktyabrgacha maydonga qaytmaydi.
Bellingem o'tgan mavsum Ispaniya chempionatida 31 o'yinda 9 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar