So’nggi yangiliklar

03:07Германия кубоги. "Бавария" ва "Байер"да ғалаба  0 03:02Сенсация қайд этилмади, "Рома", "Ювентус" ва "Интер"да ғалаба  0 02:54Англия лига кубоги. "Ман Сити", "Арсенал", "Ньюкасл" ва "Челси" кейинги босқичда, "Ливерпуль" эса ўз уйида йирик мағлубият қабул қилиб олди  6 02:40Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Лорьян"ни мағлуб этолмади  0 23:58Отабек Боймуродов: "Гол ҳақида гапирсам муаммоларга дуч келаман. Улар провокация қилди"  9 23:07Камолиддин Тожиев: "Ҳозир энг бахтли инсонман"  47 22:53"Алё, реф!" финалдаги баҳсли эпизодларни таҳлил қилди   41 22:44Александр Хомяков: "Футболда ҳар доим ютавермайсиз. Менимча, офсайд йўқ эди, лекин мен эксперт эмасман"  26 21:50Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди  91 21:20"Лион" Эндрикни январда ижарага олмоқчи. "Реал" форварди бу вариантни идеал деб ҳисобламоқда  3 20:43"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  670 18:02Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси назорат баҳсида Буркина-Фасога ютқазди  29 17:33Ўзбекистон Кубоги финали. Таркиблар маълум  30 16:50Футболда тайм-аут олиб бўлмайди? Уддабурон инглизлар муаммонинг ўзига хос ечимини топишди  2 16:28"Динамо" - "Хоразм" учрашуви Тошкентда ўтказилади  11

Muvaffaqiyat siri to'g'ri ovqatlanishdami? Barselona klubi timsolida o'rganamiz Yangiliklar

Muvaffaqiyat siri to'g'ri ovqatlanishdami? Barselona klubi timsolida o'rganamiz

Barselona homiysi Beko klub hayotiga oid bir nechta hujjatli film suratga oldirdi.

Ulardan biri jamoa azolarining ovqatlanish sistemasi haqida. Hozir sizlarni ingliz tilidagi mazkur filmning qisqacha sharhi bilan tanishtiramiz.

Futbolchilar klub qarorgohida bir kunda 4 mahal ovqatlanishadi

Bugungi kunda katta klublarning hammasi futbolchilarning ovqatlanishlarini nazorat qiladigan maxsus mutaxassislarni jalb qilmoqda. Mazkur hujjatli film «Barselona» klubining ana shunday xodimi Antoni Lizaraggi hikoyasi bilan boshlanadi.

«Avvallari, futbolchilar parhez ularning o'yiniga tasir etadigan eng katta omillardan biri ekanligi haqida bilishmasdi. Klublarda ham futolchilarning to'g'ri ovqatlanishi nazorat qilish g'oyasi bo'lmagan. Bugungi kunda klublarda bir nechtadan shunday mutaxassislar mavjud. Futbolchilarning o'zlari ham endi ovqatlanishni mahg'ulotlarning bir qismi sifatida qabul qilishmoqda».

Antonianing takidlashicha, to'g'ri ovqatlanish yordamida insonning hissiyot va kayfiyatlarini nazorat qilish, jarohatlar va uchrashuvdan keyingi tiklanish jarayonini tezlashtirish mumkin ekan. Futbolchilar tanovvul masalasida mutaxassis maslahatiga ehtiyoj sezar va ko'pchilik yordam so'rab murojaat qilarkan.



Eng qiyin davr – mavsumoldi tayyorgarlik jarayoni hisoblanadi. CHunki bu damlarda mashg'ulotlar juda erta boshlanadi, kechki mashg'ulotlar esa aksincha. SHunday kunlarda futbolchilarni 4 mahal sifatli egulik bilan taminlash talab qilinadi.



Klub bosh oshpazi Adria Ponse jamoa qarorgohida futbolchilar uchun egulik tayyorlashdan tashqari, safar o'yinlariga ham jamoaning bir bo'lagi sifatida tashrif buyuradi. U o'z ishi haqida shunday deydi:

«Tasavvur qiling, sizda haftasiga ikki mahaldan to'rt kun mashg'ulot bor. Bu jarayonda jami 8 ta ovqat tayyorlanishi kerak».

Jamoa oshpazlari va ovqatlanish bo'yicha mutaxassislar tonggi oltidan qig'in ish jarayoniga sho'ng'iydilar. Soat ettida nonushta uchub stol bezatish ishlariga start beriladi. Futbolchilar soat 9 da nonushtani boshlashlari, 9:30 da esa mashg'ulot maydonida bo'lishlari talab etiladi. Soat 12:30 da esa tushlik vaqti boshlanadi.



Jamoa soat 17:30 da klub bazasiga qaytadi. Futbolchilar engil tamaddi qilib olishgach, mashg'ulotlarga kirishishadi. Mashqlar yankunlangach, kechki ovqat ham klub oshxonasida o'tkaziladi.



Futbolchilar dietasi ham oddiy insonlarnikidan deyarli farq qilmaydi: kolbasa, xamirli ovqat va yog'lardan cheklanadi.

«Ovqatlanishning uchta asosiy jihati bor, - deb tushuntiradi klubning ovqatlanish bo'yicha mutaxassisi, - kishiga quvvat beradigan: guruch, makaron, non va donli mahsulotlar. Mushaklarni mustahkamlaydigan: go'sht, baliq, tuxum. Uchinchi guruh esa antioksidantlar: turli xildagi meva va sabzavotlar. Bularning barchasi zaruriy muvozanatni taminlash uchun xizmat qiladi».

Antonia va Martaning so'zlariga qaraganda, hatto klub xodimlari ham toki ular kelguniga qadar to'g'ri ovqatlanishmagan ekan.


Oshpazlar uchun eng qiyini – sayohatlar. Ularning o'z tarjimonlari bo'ladi. CHunki sut tanlashdagi oddiy xatolik ham ulkan fojeaga sabab bo'lishi mumkin

Oshpazlar uchun bazadan tashqarida ishlash qiyinchiliklar tug'diradi. Ketishdan oldin reja tuzib, olib ketiladigan narsalar ro'yxatini tuzishlari talab etiladi. Har qanday mamlakatda futbolchilar o'zlarini imkon qadar qulayroq his qilishlari kerak.

«Asosiysi, futbolchi safar chog'i ovqatlanish haqida iloji boricha kamroq o'ylashi kerak. Bizda buni amalga oshira oladigan professionallar jamoasi borligi yaxshi», - deydi mutaxassislardan biri.

Oshpaz, mutaxassis va mamurlar safar oldidan jamoa yashaydigan mehmonxona va bazalarni yaxshilab tanlashadi. Yangi joyning barcha xususiyatlarini inobatga olish va fikrlarni oldindan muhokama qilish talab qilinadi.


Qiyin uchrashuvlardan keyin yaxshi ovqatlanish juda muhim. Futbolchilarning tushlik qutisi ularning individual xohishlariga ko'ra turli xilda tayyorlanadi. O'yinchilar stadiondan aeroportga borgach, ovqatlanish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bunda ular tushlik qutilaridagi o'z xohishlariga ko'ra tayyorlangan eguliklarni istemol qilishadi. Har bir qutining tayyorlanish jarayonini esa bosh oshpaz nazorat qiladi.


Jamoa bosh oshpazi Adria Ponse Kataloniyada ishlash juda osonligini takidladi. CHunki bu diyor yuqori sifatli mahsulotlarga boy. Klub Yaponiyadagi o'rtoqlik o'yinlariga tashrif buyurganida odatdagidek ovqatlanish qiyinroq. Lekin barchasini bosh oshpaz nazorat qiladi. Futbolchilar oshxonada yarim soat vaqt o'tkazishadi. Bu paytda murabbi-yu futbolchilarning joylashishidan tortib, stollar tartibi-yu televizordagi ko'rsatuvlargacha Kataloniya muhitini yaratishga harakat qilishadi. Bu futbolchilarga o'zlarini hamma joyda bir xil his qilish imkonini beradi. Manchesterda ham, Tokioda ham.



Oshpazlarga maxsus tarjimonlar berkitiladi. Ular oshpazlar va mahalliy aholi o'rtasidagi aloqachi vazifasini bajarishadi.

Mamur va ovqatlanish bo'yicha mutaxassislarni o'yinchilarning ota-onalariga ham qiyoslash mumkin. Ular doim futbolchilarning qanday idish tanlashi, go'sht yoki baliq eyishi haqidagi savollarga ham javob berib kelishmoqda.



Rus tilidan Fahriddin Ro'ziev tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика