"Barselona" prezidentligiga qayta saylangan Laporta nimalar dedi?
16 mar 10:55
Yangiliklar
"Barselona" prezidentligiga qayta saylangan Laporta nimalar dedi?
Joan Laporta "Barselona" prezidenti lavozimiga qayta saylangandan so'ng bayonot berdi.
"Men bu klubga minnatdorman, chunki unda prezidentni saylash huquqi azolarga tegishli — bu jahon futbolida kamdan-kam uchraydigan holat. Ovoz berishga kelganlarga alohida rahmat — bu fuqarolik masuliyati va "Barselona" ruhining namoyon bo'lishidir. Azolar qarama-qarshilik emas, birlik yo'lini tanladilar. Bu bizning yo'nalishimizning tasdig'i — jumladan, "Kamp Nou"ni qayta qurishni yakunlash va Espai Barça loyihasi (klub infratuzilmasini qayta qurish loyihasi). Ishtirok etganlarning barchasiga rahmat. Bu natija bizga kuch bag'ishlaydi va endi hech narsa bizni olg'a siljishimizga to'sqinlik qila olmaydi. Biz "Barselona" manfaatlarini har qanday sharoitda himoya qilishda davom etamiz", — dedi Laporta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar