Gavi maydonga qaytishi haqida: "Flik doimo men bilan birga edi, xuddi otamdek"
16 mar 13:33
Yangiliklar
Gavi maydonga qaytishi haqida: "Flik doimo men bilan birga edi, xuddi otamdek"
Gavi Ispaniya chempionatidan o'rin olgan "Sevilya"ga qarshi o'yin (5:2) 92-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. U so'nggi marta 2025 yil 23 avgust kuni "Levante"ga qarshi uchrashuvda (3:2) o'ynagandi.
"Bu juda qiyin bo'ldi, hatto o'tgan safargidan ham og'irroq. Bu eng og'riqli jarayon edi va kundalik hayot ham qiyin kechdi. "Kamp Nou"dagi muhit, o'z odamlarim va muxlislar bilan birga bo'lishni his qilish — buni so'z bilan ifodalab bo'lmaydi, juda baxtliman. Xans Flik doimo men bilan birga edi, xuddi otamdek. Undan juda minnatdorman. U har doim menga ishongan", – dedi 21 yoshli futbolchi.
Gavi 2025 yilning sentyabrida o'ng tizzasidagi meniskni davolash uchun artroskopiya amaliyotini o'tkazgan. U jamoasining 40 ta o'yinini o'tkazib yubordi. 2025/26 yiogi mavsumda esa 3 ta o'yinda 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar