"Finalissima" baribir Madridda bo'ladigan bo'ldi
16 mar 16:38
Yangiliklar
"Finalissima" baribir Madridda bo'ladigan bo'ldi
Uni qaysi stadionda o'tkazish yoki umuman ushbu o'yinning o'zi bo'lish-bo'lmasligi haqida etarlicha xabarlar chiqdi.
Xususan, o'yin dastlab Madriddagi “Santyago Bernabeu”da bo'lib o'tishi belgilandi, lekin Argentina buni rad etdi. Keyin yana boshqacha variantlar taklif qilindi. Bo'lmadi.

Oxir-oqibat ushbu o'yin ikki jamoa neytral maydon borasida kelisha olmagani tufayli bekor qilindi.
Bilasizmi, garchi ushbu o'yin bekor qilingan bo'lsa-da, biroq xuddi ushbu terma jamoalar safida o'ynovchi futbolchilar qarama-qarshiligidagi o'yin Madridda baribir bo'ladi: bu aprelning 5-sanasida "Vanda Metropolitano" maydonida bo'lib o'tadigan "Atletiko" – "Barselona" o'rtasidagi bahsdir.
Ushbu o'yinning Finalissimadan kam joyi yo'q, chunki jamoalar tarkibi bunga misol bo'la oladi. Jumladan, Ispaniya nomidan "Barselona" sharafini himoya qiladigan bir qator futbolchilar bor: Pedri, Gavi, Torres, Lopes, Kubarsi, Joan va Erik Garsiya, Olmo, Bernar, Kasado, Martin (jarohati bo'maganda Balde) va muhimi Yamal...
"Atletiko" nomidan esa Argentina sharafini himoya qilishi kerak bo'lgan Alvares, Simeone, Almada, Nikolas Gonsales, Nauel Molina va darvozabon Musso kabi futbolchilar bor. Qolaversa, "Atletiko" tarkibidagi ispaniyalik o'yinchi Le Norman ham shu kuni stadionda bo'ladi. Ajoyib tasodif-a?!

To'g'ri, turnir jadvalida "Atletiko"ning "Barsa"dan ancha ortda borayotganligi sababli la Liganing bor-yo'g'i navbatchi tur o'yini maqomida o'tadigan ushbu o'yin – garchi sovrin uchun kurashiladigan bir o'yinlik Finalissima darajasiga teng kelolmasa-da, Ispaniyada so'nggi paytlarda "El Klasiko"dan ko'ra ko'proq intriga bag'ishlayotgani va "Barsa"ning "Atletiko"ga qarshi so'nggi o'yinida uchralgan 0-4 hisobidagi mag'lubiyati uchun revansh olish yo'lidagi yaxshi imkoniyat ekanligi mazkur o'yinga bo'lgan etiborni anchayin oshiradi.
Alisher Razikov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar