Romano: Ispaniya va Argentina terma jamoalari futbolchilari Finalissima o'yinida maydonga tushishga tayyor edi
16 mar 14:29
Yangiliklar
Romano: Ispaniya va Argentina terma jamoalari futbolchilari Finalissima o'yinida maydonga tushishga tayyor edi
"Messi milliy jamoa safidagi 47-rasmiy sovrinini qo'lga kiritish imkoniga ega edi, Argentina bilan yana bir titul... ammo bu imkoniyat qo'ldan chiqdi. Rekordga erishish uchun keyingi imkoniyat u uchun Jahon chempionatida bo'ladi", – deb yozdi Romano.
15 mart kuni UEFA 2026 yilgi Finalissima — Evropa chempionati va Amerika Kubogi g'oliblari o'rtasidagi o'yin bekor qilinganini malum qildi.
Avvaliga o'yin 27 mart kuni Doha (Qatar) shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgandi, ammo Yaqin Sharqdagi harbiy mojaro keskinlashgani sababli o'yinni ko'chirishga qaror qilindi. Zaxira variant izlash jarayonida UEFA Argentinaga uchrashuvni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida o'tkazishni taklif qildi, ammo Argentina tomoni bu variantni rad etdi.
Shuningdek, Madrid va Buenos-Ayres shaharlarida ikki o'yinli qarama-qarshilik o'tkazish varianti ham kelishilmadi va 27 yoki 30 mart kunlari o'yin o'tkazish uchun Evropada boshqa stadion ham topilmadi.
Argentina o'yinni 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyingi davrga ko'chirishni taklif qildi, ammo bu variant ham maqul kelmadi.
Finalissima ilk bor 2022 yilda o'tkazilgan edi — o'shanda Argentina Italiyani 3:0 hisobida mag'lub etgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar