Gattuzo o'z shogirdlaridan birini qiziga yaxshi kuyov bo'lishini aytdi, futbolchi bunga javob qaytardi
05 sen 2022 20:11
Yangiliklar
Gattuzo o'z shogirdlaridan birini qiziga yaxshi kuyov bo'lishini aytdi, futbolchi bunga javob qaytardi
"Mestalya"dagi bahsda "ko'rshapalaklar" 5:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi dastlabi golni mezbonlar himoyachisi Toni Lato urdi. Gattuzo o'yindan so'ng o'z shogirdini maqtadi.
"Tarkibimizda Toni Latodek futbolchi borligidan baxtiyorman. U zo'r yigit. Mening qizim hali yosh, endigina 18 bahorni qarshiladi. Lekin Toniga o'xshagan yigit unga munosib turmush o'rtoq bo'la oladi. Tonining qanday yigit ekanligini bilsangiz kerak, u kamtar va mehnatkash", dedi "Valensiya" ustozi.
Toni Lato bu fikrga munosabat bildirdi: "Men nima deyishni bilmayman (yuzi qizargancha), bosh murabbiyni judayam hurmat qilaman, biroq mening qiz do'stim bor".
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Tottenxem" ustozi Antonio Konte Son Xyon Min kabi yigitni kuyov qilishni istashini aytgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar