Toni: "Allegri - sehrgar"
01 dek 2025 15:56
Yangiliklar
Toni: "Allegri - sehrgar"
Italiyalik sobiq hujumchi Luka Toni Massimiliano Allegrining "Milan"dagi faoliyatiga yuqori baho berdi.
Murabbiy 10 yildan ortiq vaqtdan keyin klubga qaytdi va hozircha ishlar juda yaxshi ketmoqda — "Milan" "Lacio"ni mag'lub etganidan so'ng Italiya chempionati jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.
"Allegri menda ijobiy taassurot qoldirdi, u ajoyib. Men hech qachon Leauni markaziy hujumchi sifatida tasavvur qilmagan bo'lardim. Allegri — sehrgar", – dedi Luka Toni.

"Milan" Italiya A Seriyasi chempionatining keyingi turida "Torino"ga qarshi o'ynaydi. O'yin 8 dekabr kuni bo'lib o'tadi. "Milan" oxirgi marta Italiya chempionligini 2022 yilda qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar