Mirzahakim To'xtamirzaev futbol sharhlovchiligiga qanday kirib kelganini aytdi
16 dek 2025 17:09
Yangiliklar
Mirzahakim To'xtamirzaev futbol sharhlovchiligiga qanday kirib kelganini aytdi
"Hozirgi "Yoshlar ovozi" (sobiq "Turkiston") gazetasi bosh muharriri o'rinbosari, "Gazetalar nashri" ko'rsatuvi boshlovchilaridan biri Ahror aka Ahmedovga futbol sharhlashni taklif etishgan. U kishi esa meni tavsiya qilibdilar.
"Sizni futbol sharhlash uchun tavsiya qilib keldim", dedilar. Men esa: "Ahror aka, nega o'zingiz emas?" deb aytdim. Futbolni zo'r bilardi, so'z boyligi ulkan, ovoz bor, televidenie past-balandidan yaxshi xabardor kishi edi. Sharhlasa, sharhlab keta oladigan inson edilar. U kishi menga: "Yo'q, biznikilar 3 metrdan gol ura olmasa, so'kib yuboraman, o'zimni to'xtata olmay qolaman. Sizni ko'p vaqt kuzatdim, biror marta so'kinmadingiz", dedilar.
O'sha kuni kechqurun "Paxtakor" stadionida 2-taym efirga uzatiladigan bahs bor edi. Azim aka kutib oldilar va: "Domla, bu — futbol, o'quv ko'rsatuvi emas, tezroq gapirish kerak. Hijjalab gapirguningizcha to'p himoyadan hujumga etib borib qoladi. Xavotirlanmang, hayajonlanmang va qo'rqmang. Badiiy kengash o'tkazmasa, xafa bo'lmang", degandilar.
Xo'p deb, stulga o'tirdim va o'tirgan ko'yim 1 taym gapirdim, oldinda faqat uchrashuv qaydnomasi bor edi. 6 yoshimdan beri futbol ko'rishim asqatdi, ancha-muncha statistikani bilganim uchun to'xtamasdan gapirdim.
Tanaffusda Azim aka kirdilar va yaxshi, zo'r deya maqtadilar. Men esa juda xursand bo'ldim. Ikkinchi taymda o'zlari ishladilar.
Uchrashuvdan so'ng uyga borsam, uyimizga Azim akadan qo'ng'iroq bo'lgan ekan. Men qayta aloqaga chiqsam, ertaga kechga Chilonzorda o'tadigan o'yinni sharhlashimni aytishdi. Badiiy kengash-chi desam, ular ko'rib bo'lishibdi, hammasi joyida ekan, degan javobni oldim. Ertasi kuni jonli efirda ikki taymni sharhladim va shu bilan futbol sharhlovchiligiga kirib keldim", – dedi ustozimiz Mirzahakim To'xtamirzaev.
"90minutuz" podkasti to'liq holda:
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar