Nematulla Quttiboev: "Mahorat o'z so'zini aytdi"
16 dek 17:58
Yangiliklar
Nematulla Quttiboev: "Mahorat o'z so'zini aytdi"
Shunday qilib, "Buxoro" Superligada qoladigan bo'ldi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Aral" bosh murabbiyi Nematulla Quttiboev ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz...
- Avvalo, oxirigacha kurash olib borgani uchun jamoamga rahmat aytaman va "Buxoro"ni Superligada qolgani bilan tabriklayman. Bugungi bahsda mahorat o'z so'zini aytdi. Raqib mahorat evaziga yutib ketdi deb o'ylayman. Biz ham qo'ldan kelgancha harakat qildik.
- G'alaba uchun nima etishmadi?
- Ko'p narsa etishmadi. Birinchi navbatda tajriba va mahorat. Baribir biz Proliga jamoasimiz va bu narsa ko'zga tashlandi. Vaziyatlar ham yaratildi, lekin gol ura olmadik. "Buxoro" esa bitta imkoniyatdan foylalanib gol urdi. O'yindan oldin futbolchilarga avvalo yaxshi himoyalanish kerakligini aytgandik. Himoyada yomon o'ynamadik, faqat bitta xato golga olib keldi.
- Izzatilla Abdulhaqov "Lokomotiv" bilan o'yinda maydonga tushib ancha yaxshi harakat qilgandi. Bugun nima uchun zaxirada qoldirildi?
- Izzatilla jarohatdan so'ng davolanib endi-endi o'ziga kelyapti. U bir yarim yil futbol o'ynamadi, buni ham hisobga olish kerak. Hali albatta o'zini ko'rsatadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar
Шу пайтгача УЧ тўрт мавсум қатнашган бўлса,доимо аутсайдерлар қаторида бўлган.
Бу ерда Аралга хусуматим йўқ,супер лигада муносиб қатнашса хурсанд бўламан
Лекин бу ўғналмаган тизим билан яна супер лигада ўйнаса аутсайдерлигича қолиб яна ортга қайтади