So’nggi yangiliklar

21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Банияс" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  2 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  6 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  47

Mirzahakim To'xtamirzaev "Interfutbol" ko'rsatuvining yaralish tarixi haqida so'zlab berdi Yangiliklar

Mirzahakim To'xtamirzaev "Interfutbol" ko'rsatuvining yaralish tarixi haqida so'zlab berdi

"90minutuz" podkastida taniqli sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev mehmon bo'ldi.

Ustozimiz podkast davomida o'z davrining eng yaxshi dasturlaridan biri — "Interfutbol", shuningdek, "Paxtakor-79", afsonalar Birodar Abduraimov, Vasilis Xadzipanagis va Angren Premer-ligasi kai mavzularda malumotlarni taqdim etdi. 

"1997 yil Axbor aka Imomxo'jaev uylarida o'tirib, "Interfutbol"ni yo'lga qo'yish masalasi o'rtaga tashlangan. U paytda yozib olish imkoniyati televidenieda mavjud emasdi. Hech kim bekordan bekorga vaqt ajratib, apparaturani ajratib, yozib bermaydi. Uyda o'zimiz — Abror Imomxo'jaev, men, Sharof Oripov kabilar oddiy videomagnitofonimizga, yani lentali kasetaga televizordan o'yinni yozib olardik. Keyin uni yig'ishtirib berardik va Sharof Oripov qiziq uchrashuvlardan gollarni terib chiqardi. Zamonaviy tilda aytganda, highlights qilinardi. Men shu jamlanmani sharhlardim. Chamasi 45 daqiqalik ko'rsatuv bo'lardi. Ko'rsatuv uchun hafta davomida sara o'yinlarni kasetaga yozib chiqardik.

Rahbariyat televidenie kuchini sezgan holda 1998 yilda Jahon chempionatini namoyish qilish huquqini sotib oldi. TV1 va TV2, yani hozirgi "O'zbekiston" va "Yoshlar" telekanallarida JCHni uzata boshladik. Birinchi kanalda Azim aka va Davlat Turdialiev, ikkinchi kanalda men va Murod Rizaev sharhlaydigan bo'ldik. Ikkitadan o'yin berilsa, bir kishidan ishlaganmiz. Faqat "Yoshlar"dagi yarim finalni Axbor aka ikkimiz sharhlaganmiz. 

Keyin Jahon chempionatini namoyish qildik, texniklar ham signal ushlashni epladi, biz ham yaxshi sharhladik. Rahbariyatning ko'ngli to'ldi, shekilli, 1998/99 yilgi mavsumdan ECHL va UEFA Kubogi (hozirgi EL) uchrashuvlarini ko'rsata boshladik. Hafta davomida manaman degan o'yinlar qo'yilardi. Angliya, Ispaniya, Italiya, bazida Germaniya klublari ishtirokidagi uchrashuvlar namoyish qilinardi", – deya esladi ustoz Mirzahakim To'xtamirzaev.

"90minutuz" podkasti to'liq holda:


Reyting:    

Fikrlar

   
16 dek 21:01:25
Ўзбек футболининг муҳлиси
Жасур foydalanuvchining fikriga javob berish
Мирзахаким ака №1 шархловчи. Негадир хозир аралашмай бир чеккада юрибди
Ҳозир брат ҚВЗда юрибдилар
   
16 dek 20:30:36
Жасур
Мирзахаким ака №1 шархловчи. Негадир хозир аралашмай бир чеккада юрибди
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика