Isko "Betis" bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi
24 noy 2025 13:55
Yangiliklar
Isko "Betis" bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi
"Betis" yarim himoyachisi va sardori Isko klub bilan yangi bitim tuzdi.
Yangi shartnoma 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Isko — "Valensiya" tarbiyalanuvchisi. U faoliyati mobaynida "Malaga", "Real" va "Sevilya" jamoalarida ham o'ynagan. Isko 2023 yildan beri "Betis" safida 69 o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 18 ta golli uzatma bergan.

Yarim himoyachi "Real"dagi faoliyati uch marta Ispaniya chempionati, bir marta Ispaniya Kubogi va uch marta Ispaniya Superkubogini yutgan. Xalqaro miqyosda esa to'rt marta Chempionlar Ligasi va FIFA Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati, shuningdek, uch bor UEFA Superkubogida g'olib chiqqan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar