MYU 40 mln funtlik xavbekka ko'z tikdi
16 dek 16:31
Yangiliklar
MYU 40 mln funtlik xavbekka ko'z tikdi
"Manchester Yunayted" uzoq vaqtdan beri yarim himoya chizig'ini transfer bozoridagi asosiy ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida belgilab qo'ygan, ammo markaziy chiziqqa yangi futbolchilar kelib qo'shilmadi.
Biroq yaqin orada bu o'zgarishi mumkin.
"TalkSPORT" xabariga ko'ra, "Old Trafford"da "Bornmut" yarim himoyachisi Tayler Adamsga qiziqish bildirilmoqda. "Olcharanglilar" futbolchisini tanlashga boshqa nomzodlarning juda qimmatligi sabab bo'lgan: "Nottingem Forest"dan Elliot Anderson va "Brayton"dan Karlos Baleba 100 million funtdan ortiq baholanmoqda, Adams esa taxminan 40 million funt evaziga imzolanishi mumkin.

Qayd etilishicha, agar transfer amalga oshsa, u faqat yozda ro'y berishi ehtimol. Bu esa kelasi yozda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati bilan bog'liq — 26 yoshli futbolchi iyun oyida o'z uyida o'tadigan musobaqada AQSH terma jamoasi sardori bo'lishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar