"Jar" stadioni "Feyr-pley" sovriniga loyiq ko'rildi
16 dek 18:55
Yangiliklar
"Jar" stadioni "Feyr-pley" sovriniga loyiq ko'rildi
"Navbat "Feyr-pley" sovriniga etib keldi.
Biz bunda "Jar" stadioni nomzodida to'xtalishga qaror qildik. Zero 2025 yilgi mavsum "Jar" katta hajmdagi ishni bajardi va Liga bayrog'i ostidagi qator musobaqalarda qutqaruvchi rolida ko'rinish berdi. Biz buning uchun O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, "Jar" sport sog'lomlashtirish kompleksi boshlig'i — polkovnik Tohriddin Najimov, bevosita stadion uchun asosiy masul — podpolkovnik Abduhamid Nurmatovga minnatdorchilik bildiramiz va vazirlik ko'magida so'nggi yillarda sport infratuzilmasini rivojlantirish borasida oldinga sezilarli qadam tashlanganligini etirof etamiz.
Jar bir mavsumning o'zida 6 klubga o'z bag'ridan joy berdi. Umumiy hisobda u Liga musobaqalari doirasida 40 ta bellashuvga mezbonlik qildi. Bundan tashqari Jar O'FA va OFK bayrog'i ostidagi qator ichki va xalqaro o'yinlarni o'tkazdi. Ommaviy futbol rivoji yo'lidagi bir qator tadbirlarni qabul qildi. Buning ortida tinimsiz va mashaqqatli mehnat borligi ham "Feyr+pley" sovrini egasini aniqlashda muhim omil bo'lib xizmat qildi", – deyiladi xabarda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar