Rasman: "Ayaks" iyul oyidan beri klubsiz bo'lgan "Arsenal" sobiq himoyachisi bilan shartnoma imzoladi
16 dek 20:25
Yangiliklar
Rasman: "Ayaks" iyul oyidan beri klubsiz bo'lgan "Arsenal" sobiq himoyachisi bilan shartnoma imzoladi
Takexiro Tomiyasu Niderlandiya klubiga o'tdi.
"Ayaks" "Arsenal"ning sobiq himoyachisi Takexiro Tomiyasuning jamoaga o'tganligini elon qildi. 27 yoshli yaponiyalik futbolchi bilan tuzilgan shartnoma 2026 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Tomiyasu iyul oyida "Arsenal" bilan shartnomasini bekor qilganidan so'ng erkin agent sifatida faoliyat yuritayotgan edi. Himoyachi fevral oyida tizzasida o'tkazilgan jarrohlik amaliyotidan keyin tiklanish jarayonini o'tagan va yaqinda mashg'ulotlarga qaytgan.
Tomiyasu 2024/25 yilgi mavsum APLda 1 o'yin o'tkazgan. Undan oldingi mavsumda esa londonliklar safida 30 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar